ENERGETIKA TA’MINOTI TIZIMIDA ELEKTR ENERGIYASI ISHLAB CHIQARISH VA O‘RNATILGAN QUVVAT HAJMINI BAHOLASH
Abstract
Maqolada elektr energetika ta’minoti tizimining tarkibiy
xususiyatlari, ishlab chiqarish quvvatlari, energiya manbalari tarkibi va qayta
tiklanuvchi resurslar ulushi tahlil qilinadi. Shuningdek, xalqaro tajribalar asosida ishlab
chiqarish samaradorligi va infratuzilmaning amaldagi holati o‘rganilib, ekonometrik
yondashuvlar yordamida tizimni baholash zarurati asoslab beriladi. Tahlil natijalari
elektr energetika tizimini barqaror, samarali va innovatsion rivojlantirishga qaratilgan
ilmiy takliflarni ishlab chiqishga xizmat qiladi.