O‘ZBEKISTON IQTISODIYOTIDA XORIJIY INVESTITSIYALARNI RAG‘BATLANTIRISHDA ERKIN IQTISODIY ZONALARNING O‘RNI
Abstract
Mazkur ilmiy maqolada O‘zbekiston
Respublikasida xorijiy investitsiyalarni jalb etishda investitsion muhit
jozibadorligini oshirishning nazariy va amaliy asoslari o‘rganilgan.
Xususan, mamlakatda so‘nggi yillarda olib borilayotgan iqtisodiy
islohotlar, soliq va bojxona imtiyozlari, huquqiy muhit barqarorligi,
maxsus iqtisodiy zonalarning roli hamda xorijiy investorlar uchun
muhim omillar tizimli tahlil qilingan. Statistik ma’lumotlar asosida
2018–2024-yillar davomida xorijiy sarmoyalar hajmining dinamikasi,
tarmoqlar kesimidagi taqsimoti va MIZlar orqali investitsiya oqimining
ortib borayotgani ilmiy asosda tahlil etildi.