IKKI TOMONLAMA TAʼMINLOVCHI ASINXRON GENERATORLI SHAMOL TURBINALARIDAN TURLI SHAMOL TEZLIKLARIDA MAKSIMAL QUVVAT DARAJALARIGA ERISHISH
Date
2024Author
Bekishev, Allabergen
Qurbonov, Najmiddin
Yunusov, Obidxon
Xudoynazarov, Utkir
Metadata
Show full item recordAbstract
Annotatsiya. Ushbu maqolada ikki tomonlama taʼminlovchi asinxron generatorli shamol turbinalaridan turli shamol tezliklarida maksimal quvvat darajalariga erishish imkoniyatlari koʻrib chiqilgan. Bundan tashqari shamol energiyasidan foydalanish koeffisiyentini aniqlash hamda uni parrak burchak holatiga qarab oʻzgartirish usuli yoritilgan. Ushbu holatda ikki tomonlama taʼminlanadigan asinxron generatorli shamol turbinalarining ishlash tamoyillari va ish rejimlari koʻrib chiqilgan. Ikki tomonlama taʼminlanadigan asinxron generator yordamida shamol elektr stansiyasini modellashtirish MATLAB SiMULINK dasturiy taʼminotidan foydalangan holda taʼminlangan va shamol tezligi oʻzgargan holda uning ishlashining supersinxron va subsinxron ish rejimi ham koʻrib chiqilgan. Shu maqsadda tayyor va qoʻshimcha yaratilgan tizimlar yordamida barcha tizim elementlarining modellari ishlab chiqilgan. Tadqiqot natijalari shuni koʻrsatdiki, ikki tomonlama taʼminlanadigan asinxron generatorl bilan koʻrib chiqilayotgan shamol turbinasi aylanish tezligini 0,67 n.b. dan 1,15 n.b. gacha rostlash orqali energiya olish imkonini beradi. Shu tarzda shamol energiyasini samarali tarzda elektr energiyasiga aylantirish mumkin.