SANOAT ROBOTLARINING TEXNOLOGIK JARAYONLARNI AVTOMATLASHTIRISHDAGI O‘RNI
Abstract
Mazkur tezisda sanoat robotlarining texnologik jarayonlarni avtomatlashtirishdagi o‘rni, ularning ishlab chiqarish samaradorligi, xavfsizligi va mehnat unumdorligiga ta’siri yoritilgan. Robototexnika vositalari asosida avtomatlashtirilgan texnologik jarayonlar misolida ishlab chiqarishdagi tejamkorlik, aniqlik va innovatsion yondashuvlar tahlil qilingan. Ilg‘or xorijiy tajriba va O‘zbekiston sharoitida mavjud imkoniyatlar solishtirilib, taklif va tavsiyalar ilgari surilgan.