TEXNOLOGIK JARAYONLARNI INTELLEKTUAL BOSHQARISH TIZIMLARINI TAKOMILLASHTIRISH YO‘LLARI
Abstract
Ushbu ilmiy tezisda sanoat tarmoqlarida texnologik jarayonlarni avtomatlashtirishni intellektual tizimlar orqali amalga oshirishning zamonaviy yo‘llari tahlil qilinadi. Asosiy e’tibor sun’iy intellekt algoritmlarini joriy qilish, mashinali o‘rganish asosida boshqaruv tizimlarini optimallashtirish, real vaqt rejimidagi monitoring tizimlarini ishlab chiqish va neyron tarmoq yordamida xavfsizlik darajasini oshirishga qaratilgan. Shuningdek, an’anaviy PID boshqaruv tizimi bilan zamonaviy SI asosida ishlab chiqilgan model natijalari solishtiriladi.
Tezisda grafik va jadval ko‘rinishidagi tahliliy natijalar ham keltirilgan.