TOMORQA XO‘JALIKLARI FAOLIYATINI RAQAMLI MONITORING QILISHDA STATISTIK METODLARNING QO‘LLANILISHI
Abstract
Maqolada tomorqa xo‘jaliklari faoliyatini samarali tashkil etishda statistik metodlarning o‘rni yoritilgan. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasida tomorqa xo‘jaliklari faoliyatiga oid me’yoriy-huquqiy hujjatlar, mavzuga oid ilmiy adabiyotlar va statistik to‘plamlar o‘rganilgan. Xususan, Qashqadaryo viloyatida tomorqa xo‘jaliklarining ixtisoslashuv darajasi tahlil qilingan. Tomorqa xo‘jaliklari
faoliyatini raqamli monitoring qilishda statistik metodlardan samarali foydalanish
bo‘yicha xulosalar keltirilgan