SANOAT KORXONALARINING RAQOBATBARDOSHLIGINI BOSHQARISHDA TOVAR AYLANMASI TAHLILI
Abstract
Mazkur maqolada innovatsion iqtisodiyotni rivojlantirish sharoitida mulkchilik shakllarining
diversifikatsiyalashuvi va energetika sanoati subektlarining raqobatbardoshligini ta'minlash masalalari tahlil qilingan.
Jumladan, “Talimarjon issiqlik elektr stansiyasi” AJ misolida ishlab chiqarish samaradorligi, tovar aylanmasi, sof tushum
va elektr hamda issiqlik energiyasi tannarxining o‘zgarish dinamikasi 2021–2024-yillar kesimida o‘rganilgan. Tahlillar
energetika korxonalari faoliyatida restrukturizatsiya va innovatsiyalar muhim amaliy ahamiyat kasb etishini ko‘rsatadi.
Maqolada, shuningdek, raqobat tushunchasining nazariy asoslari turli olimlar ta’riflari orqali ochib berilgan. Yakunda
korxonaning raqobatbardoshligini oshirish bo‘yicha strategik taklif va tavsiyalar ilgari surilgan: bozor tahlili, mahsulotni
takomillashtirish, narx siyosatini optimallashtirish, marketing strategiyalarini kuchaytirish hamda mijozlar bilan barqaror
munosabatlarni rivojlantirish