AKTIV QUYOSH ISITISH TIZIMIGA EGA CHIQINDI REAKTORINING ISSIQLIK REJIMINI TAJRIBAVIY TADQIQOT QILISH
View/ Open
Date
2025-03-27Author
Davlonov Xayrulla Allamurotovich
Toshmamatov Bobir Mansurovich
Toshboyev Abdimalik Rashid o‘g‘li
Metadata
Show full item recordAbstract
Annotatsiya. Kirish. Jahonda anʼanaviy yoqilgʻi-energiya resurslaridan oqilona va
samarali foydalanish, atrof-muhitga zararli chiqindilar miqdorini kamaytirish, qayta tiklanuvchi
energiya manbalariga (quyosh energiyasi, biomassa va chiqindi energiyasi, shamol, ...) asoslangan
energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etish dolzarb muammolardan biri hisoblanadi.
Materiallar va usullar. Aktiv quyosh isitish tizimiga ega chiqindi reaktorining issiqlik
almashinuvi sxemasi taqdim qilingan (1 va 2-rasm). Havo kanalida harakatlanayotgan issiq
havoning issiqlik-fizik xususiyatlarini hisobga olib, issiqlik almashinuvi jarayoni tajribaviy tadqiqot
qilingan. Tajribalar chiqindi reaktori havo kanalida harakatlanayotgan havoning o‘rtacha tezligi, havo kanaliga kirishdagi havoning harorati , havo kanali devori harorati oralig‘ida olib borilgan. Chiqindi reaktori havo kanalidagi
issiqlik almashinuv jarayoni issiqlik texnikasi va issiqlik almashinuvi nazariyasi kabi hisoblash
usullaridan foydalanib amalga oshirilgan.
Natijalar. Olib borilgan tajribaviy tadqiqot va hisob natijalari issiq havoning turbulent oqim
rejimida Re soni Re˂10000 oralig‘ida bo‘lganda Nu va Re sonining o‘zgarish qiymatlari olingan.
Xulosa. Chiqindi reaktori havo kanalida harakatlanadigan issiq havo harakat rejimi,
konvektiv issiqlik almashinuvi, issiqlik berish koeffitsiyenti, solishtirma issiqlik miqdori va berilgan
issiqlik miqdori bo‘yicha natijalari olingan.