O‘ZBEKISTON IQLIM SHAROITLARI UCHUN QUYOSH PANELLARI SIRTINI TOZALASH QURILMASINI ISHLAB CHIQISH VA TADQIQ QILISH
Abstract
Kirish. Quyosh fotoelektr panellar sirtidagi ifloslanish xususan, chang
miqdorining ortishi va qushning axlati uning samaradorligiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Yurtimizda
quyosh fotoelektr satnsiyalardan foydalanish sezilarli darajada o‘sib bormoqda. Bunda o‘rnatilgan
quyosh fotoelektr panellar sirtining ifloslanishi va uning bartaraf etish dolzarb muammoga
aylanmoqda.
Usul va materiallar. Ushbu muammoni hal qilishning turli usullari mavjud bo‘lib, ularning
eng muhimlaridan biri avtomatik tozalash tizimidan foydalanishdir. Quyosh fotoelektr panel sirtini
avtomatik tozalash tizimi qo‘shimcha energiya talab qilmaydi ya’ni o‘zini o‘zi zaryadlaydi, inson
omilisiz masofadan nazorat qilinadi.
Natijalar. Tadqiqot natijalariga koʻra, quyosh fotoelektr panel sirtiniga shikast
yetkazmasdan suv va antistatik yuvish suyuqlikdan foydalanildi. Quyosh fotoelektr panel sirtidagi
ifloslanish xususan, changlanganlik va qushning axlatini to‘liq tozalash imkoni yaratilgan.
Xulosa. Taklif etilayotgan quyosh fotoelektr panel sitini avtomatik tozalash qurilmasi
Xitoyning Sanpure korxonasi tomonidan ishlab chiqilgan qurilmaga nisbatan 1-2 % ga samarali
tozalashi aniqlangan.