YUQORI HARORATLI QUYOSH ENERGETIK QURILMALAR UCHUN PARABOLOSILINDRIK KONSENTRATORLI QABUL QILUVCHI TIZIMNING MATEMATIK MODELI
View/ Open
Date
2025-06-23Author
Fayziyev To‘lqin Amirovich
Ergashev Shahriyor Hamidullayevich
Sherqulov Bahrom G‘ulomovich
Metadata
Show full item recordAbstract
Kirish. Ushbu maqolada parabolasilindrik konsentrator qabul qiluvchi
tizimining radiatsiyaviy va energiya xususiyatlarini aniqlash imkonini beradigan matematik modeli
ishlangan.
Usul va materiallar. Tadqiqot ishida Monte-Karlo usullaridan foydalanib aks ettiruvchi
yuzaning nuqsonlarini hisobga olgan holda radiatsion issiqlik uzatishni modellashtirishga
qaratilgan. Bu yuqori haroratli quyosh elektr stansiyalari uchun ko‘zgu konsentratsiyali tizimlar va
qabul qiluvchilarni loyihalashda ayniqsa muhim ahamiyat kasb etadi.
Yuqori quvvatli quyosh energetik qurilmalarini [1, 2, 3, 4] ishlatish tajribasi shuni
ko‘rsatadiki, yuqori quvvatli tizimlarni yaratish uchun yuqori potentsial quyosh energiyasi
konsentratorlaridan foydalangan holda yuqori haroratli quyosh energetik qurilmalardan
foydalanish eng samarali hisoblanadi. Parabolik, sharsimon, parabola-silindrik yoki oyna
konsentratsiyali tizimlar, ish joyida quyosh energiyasining zichligini sezilarli darajada oshirish
imkonini beradi.
Natijalar. Yuqori haroratli quyosh energetik qurilmalarining konsentrator-qabul qiluvchi
tizimining matematik modeli ishlab chiqilgan.
Xulosa: Yuqori haroratli quyosh energetik qurilmalarining konsentrator-qabul qiluvchi
tizimining matematik modelini ishlab chiqish:
- tizimning asosiy energetik xususiyatlarini hisoblash, shuningdek matematik
modellashtirish va bashorat qilish imkonini beradi.
- ko‘zgu ko‘rsatkichi uchun olingan natijalar [11] da keltirilgan eksperimental qiymatlari,
issiqlik oqimining zichligi va konsentrator-qabul qiluvchi tizimining FIK taqsimoti bo‘yicha –
qurilmaning aniqlik o‘lchovi usuli (Gauss usuli) yordamida olingan natijalar bilan yaxshi mos
keladi. [3].