• Login
    View Item 
    •   DSpace Home
    • Department of Energy Engineering
    • Energy Engineering
    • Articles, Books, & Book Chapters
    • View Item
    •   DSpace Home
    • Department of Energy Engineering
    • Energy Engineering
    • Articles, Books, & Book Chapters
    • View Item
    JavaScript is disabled for your browser. Some features of this site may not work without it.

    KO‘P POG‘ONALI QUYOSH SUV CHUCHUTGICH QURILMALARINING CHUCHUK SUV BO‘YICHA UNUMDORLIGINI TAJRIBAVIY TADQIQ QILISH

    Thumbnail
    View/Open
    "Главная статья" (1.307Mb)
    Date
    2025-03-27
    Author
    Mirzayorova Sevara Ubaydullayevna
    Ibragimov Umidjon Xikmatullayevich
    Fayziyev To‘lqin Amirovich
    Metadata
    Show full item record
    Abstract
    Kirish. Jahonda sanoatni jadal sur’atlarda rivojlanishi va aholi sonini keskin ortib borishi chuchuk suvga bo‘lgan talabni keskin oshirmoqda. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, 2050-yilga borib, dunyoda chuchuk suvga bo‘lgan talab 130 dan 400% gacha ortadi, bu vaqtda hozirdagi chuchuk suvning faqatgina 0,01% qismi mavjud bo‘ladi. Usul va materiallar. Hozirgi vaqtda sho‘r suvni chuchuklantirishda teskari osmos va elektrodializ usullari eng ko‘p qo‘llaniladi, biroq ular katta miqdordagi energiyani talab etadi. Chuchuklantirish jarayonida solishtirma energiya sarfini kamaytirishda quyosh suv chuchutgich qurilmalaridan foydalanish eng maqul yechim bo‘lib, ular ekspluatatsiyada qulay, oson, ekologik toza va arzon hisoblanadi. Yuqoridagilarni inobatga olgan holda ushbu tadqiqot ishida ko‘p pog‘onali quyosh suv chuchutgich qurilmalarining chuchuk suv bo‘yicha unumdorligi tajribaviy tadqiqot qilingan. Natijalar. Kombinatsiyalashgan ko‘p pog‘onali quyosh suv chuchutgich qurilmasining tajriba namunasi ishlab chiqilgan, tajriba tadqiqotlari o‘tkazilgan, olingan tajriba natijalari oddiy quyosh suv chuchutgich qurilmasida olingan natijalar bilan taqqoslangan. Oddiy va kombinatsiyalashgan qurilmalarda chuchuk suvni kunlik miqdori mos ravishda 6,06 va 10,37 kg bo‘lib, unumdorlik oddiy qurilmaga qaraganda kombinatsiyalashgan qurilmada 1,72 marta yuqori bo‘lgan. Xulosa. Taklif etilgan foydali maydoni 1 m2 bo‘lgan kombinatsiyalashgan quyosh suv chuchutgich qurilmasi Qarshi shahrining iqlim sharoitida yoz mavsumida o‘rtacha 9 l/kun chuchuk suv olish imkonini beradi, ekologik xavfsiz, ekspluatasiyada qulay va narxi arzon.
    URI
    https://dspace.kstu.uz/xmlui/handle/123456789/189
    Collections
    • Articles, Books, & Book Chapters

    DSpace software copyright © 2002-2016  DuraSpace
    Contact Us | Send Feedback
    Theme by 
    Atmire NV
     

     

    Browse

    All of DSpaceCommunities & CollectionsBy Issue DateAuthorsTitlesSubjectsThis CollectionBy Issue DateAuthorsTitlesSubjects

    My Account

    LoginRegister

    DSpace software copyright © 2002-2016  DuraSpace
    Contact Us | Send Feedback
    Theme by 
    Atmire NV