TOG’ OLDI YAYLOVLARI MONITORINGINI YURITISH USLUBIYATINI TAKOMILLASHTIRISH (QASHQADARYO VILOYATI MISOLIDA)
| dc.contributor.author | Xujakeldiyev K. N | |
| dc.contributor.author | Toshpulatova D. R. | |
| dc.date.accessioned | 2025-12-02T06:24:35Z | |
| dc.date.available | 2025-12-02T06:24:35Z | |
| dc.date.issued | 2025 | |
| dc.description | Yaylovalmashish deganda ularning mahsuldorligini o‘tlatish, dam berish va pichan o‘rishni ayrim uchastkalarda yillar bo‘yicha o‘t qoplamasini qayta tiklash va yaxshilashga qaratilgan bo‘yicha boshqa tadbirlar bilan birgalikda ketma-ket almashtirish yo‘li bilan ushlab turishga va ko‘tarishga qaratilgan yaylovlardan foydalanish va ularni parvarishlash tizimi tushuniladi. (3. 592-594 b) Shunday qilib Tog’ oldi yaylovlari monitoringini yuritish uslubiyatini takomillashtirish mavzusini yoritishda, zamonaviy GAT ning dasturiy ta’minotlari yordamida yer hisobi to’g’risidagi interfeyslarni ishlab chiqish va axborot almashinuvini takomillashtirish va tuproq unumdorligi va yer hisobi bo’yicha axborotlarni tahlil qilish uchun avtomatlashgan tizim algoritmini ishlab chiqish va masofadan zondlash yordamida yaylov yerlar monitoringini yuritish mexanizmini ishlab chiqish va moddiy texnika bazasini yaxshilash ishlarini amalga oshirish tarmoqlarni rivojlanitirish imkoniyatini yaratadi. | en_US |
| dc.description.abstract | Tog’ oldi yaylovlari monitoringini yuritish uslubiyatini takomillashtirish, yer monitoringini yuritish – davlat miqyosida xalq xo‘jalik tarmoqlari bo‘yicha yerlardan foydalanishda ro‘y bergan jarayonlarning o‘zgarishini, yer resurslarining miqdori va sifati holatini uzluksiz kuzatish tizimini tashkil etish hamda ma’lumotlar bilan yer resurslaridan samarali foydalanishni boshqarish jarayonini ta’minlashga qaratilgan va dolzarb muammolaridan hisoblanadi. | en_US |
| dc.description.sponsorship | Yildan yilga nafaqat respublikamizda, balki dunyo aholisi soni o’sayotgan, tabiiy resurslar cheklangan, inson ehtiyojlari esa ortib borayotgan bir davrda, aholining go’sht sut mahsulotlariga bo’lgan ehtiyojini to’laqonli qondirish, chorvachilik mahsulotlari hajmi va sifatini oshirish, shuningdek , chorva mollarini yem - hashak bilan ta’minlash uchun yaylovlar holatini yaxshilash, unumdorligini oshirish, yaylov degradatsiyasini - bartaraf qilish chorvachilik istiqbolini rivojlantirish shu kunning asosiy maqsadi va vazifasi hisoblanadi. Yaylovlarni muhofaza qilish, ulardan samarali va oqilona foydalanishni tashkil etish, yaylov xo’jaligini rivojlantirish yangi bosqichga olib chiqish, sohada boshqaruvning ixcham va samarali tiizmini joriy etish, chorvachilik xo’jaliklarining yer uchastkalariga bo’lgan huquqlarini etirof etish maqsadida yurtimizda bir qancha qaror va qonunlar qabul qilinmoqda. Qashqadaryo viloyati yer fondining toifalari boyicha taqsimlanishi 2024- yil 1- yanvar holatiga ko’ra jami yerdan foydalanishlar soni 58 985 ta , umumiy yer maydoni 2 856799 ga , qishloq xo’jaliklari yerlari 51 057 ta, maydoni 2 339 753 ga, aholi punkti yerlari soni 58 ta, maydoni 12 427 ga, sanoat transport aloqa mudofaa va boshqa maqsadlarga mo’ljallangan yerlar soni 6311ta, maydoni 69304 ga, tabiatni muhofaza qilish, sog’lomlashtirish va rekratsiya maqsadlariga mo’ljallangan yerlar soni 6 ta, maydoni 75314ga, tarixiy madaniy ahamiyatga molik yerlari soni 1173ta, maydoni 2567ga, o’rmon fondi yerlari soni 29 ta, maydoni 316706 ga, suv fondi yerlari 333 ta, 37090 ga va zaxira yer maydoni 18 ta, 3819 ga ni tashkil etadi. | en_US |
| dc.identifier.issn | 2225-1545 | |
| dc.identifier.uri | https://dspace.kstu.uz/xmlui/handle/123456789/4181 | |
| dc.language.iso | other | en_US |
| dc.relation.ispartofseries | №5(132)-2 2025; | |
| dc.subject | yaylov, yer fondi, monitoring, degradatsiyasi degratsiyasi, yem – hashak, pichanzor, masofadan zondlash, fermer xo‘jaliklari, poda, o‘tarlar | en_US |
| dc.title | TOG’ OLDI YAYLOVLARI MONITORINGINI YURITISH USLUBIYATINI TAKOMILLASHTIRISH (QASHQADARYO VILOYATI MISOLIDA) | en_US |
| dc.title.alternative | Экономика и социум | en_US |
| dc.type | Article | en_US |