QURUQ IQLIM SHAROITIDA SAMARALI ISHLAYDIGAN YANGI AVLOD FOTOISSIQLIK BATAREYALARINI BAHOR VA YOZ FASLI UCHUN SOLISHTIRISH
Loading...
Date
Journal Title
Journal ISSN
Volume Title
Publisher
Abstract
Ushbu maqolada yangi tipdagi sovitish sistemasiga ega fotoissiqlik batareya
(FIB) va fotoelektrik batareya (FEB) larning bahor va yoz mavsumlarida olingan parametrlari
solishtirilgan. FIB ning yuzasiga quyosh nurlanishi oqim zichligi (QNOZ) ni reflektorlar yordamida
oshirildi va qisqa tutashuv toki (QTT) qiymatlarini keskin ko‘tarildi. FIB ni yangi tipdagi sovitish
sistemasi orqali sovitib, uning salt yurish kuchlanishi qiymatlari keskin oshirildi. Fotoissiqlik
qurilma(FIQ)ning yangi tipdagi sovutish sistemasi radiator, suv nasosi, ventilator, suv idishidan
iborat. Bu kabi FIB ni sovitish usuli dunyo bo‘yicha analogi yuqligi bilan ahamiyatlidir. Yangi
tipdagi fotoissiqlik qurilma (FIQ) da bahor mavsumida 35 0C haroratli, yoz mavsumida 48 0C issiq
suv olishga erishildi. Bu kabi yangi tipdagi sovitish sistemasiga ega FIQ larning tajriba va
laboratoriya nusxasi fizika-texnika institutida ishlab chiqildi. Keyingi maqsad yangi tipdagi sovitish
sistemasiga ega FIQ ning tijorat nusxalarini ham ishlab chiqish.
Description
Keywords
fotoelektrik batareya, fotoissiqlik batareya, qisqa tutashuv toki, salt yurish kuchlanishi, quvvat, samaradorlik, yangi tipdagi sovitish sistemasi, reflektorlar., fotoelektrik batareya, fotoissiqlik batareya, qisqa tutashuv toki, salt yurish kuchlanishi, quvvat, samaradorlik, yangi tipdagi sovitish sistemasi, reflektorlar.