MASOFADAN ZONDLASH TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANIB QISHLOQ XО‗JALIGI EKIN TURLARINI KARTALASHTIRISHDA FOYDALANISH.
Loading...
Date
Journal Title
Journal ISSN
Volume Title
Publisher
RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI
Abstract
Maqolada masofadan zondlash orqali turli kartalarni tuzishda kosmik suratlar,
ma‘lum bir hududning mavzuli kartasini tuzish zarur bо‗lganda, qisqa vaqt ichida masofadan
zondlashdan olingan signallardan yetarlicha ma‘lumot olish mumkin. Bu esa karta tuzishni
tezlashtirish bilan birga aniqlikni ham oshiradi. Masofadan zondlash texnologiyalaridan foydalanib
qishloq xо‗jaligi ekin turlarini kartalashtirishda foydalanish orqali karta tuzish ishlari ancha
yengillashadi.
Description
Shuningdek, odatda ekinlar dala bo‗ylab bir tekis o‗smaydi va natijada hosildorlik bir joydan
boshqa joyga farq qiladi. Ekinlarning o‗sishidagi bu farq tuproq tarkibidagi ozuqalarning
yetishmasligi yoki boshqa omillar sababli sodir bo‗lishi mumkin. Masofadan zondlash fermerlarga
daladagi ekinlarda yuz berayotgan muammolarni aniqlash va bu ekinlarni kerakli ozuqalar, pestitsid
va gerbitsid bilan ta‘minlash imkoniyatini yaratadi. Bu usul bilan fermer nafaqat yerning
hosildorligini oshiradi balki moliyaviy tejamkorlikka erishadi va atrof muhitga bo‗lgan ta‘sirni
kamaytiradi.
Masofadan zondlash orqali bir dalada joylashgan ekinlardagi o‗zgaruvchan o‗sishni ham
kuzatish mumkin. Sog‗lom ekin maydonlar bir xil yorug‗ rangda ko‗rinadi, zararlangan ekinlar esa
sog‗lom ekinlarga nisbatan qoramtirroq rangda ko‗rinadi. Agar ma‘lumot geobog‗lansa va bizda
GPS asbobi bo‗lsa, biz mahalliy koordinata bilan tasvir koordinatasini moslashtirib muammo bor
joyni juda tez aniqlashimiz mumkin.