O‘ZBEKISTON SHAROITIDA YER VA EKIN TURLARINI JOYLASHTIRISH HAMDA ALMASHLAB EKISHNI TASHKIL ETISHNING ILMIY ASOSLARI
Loading...
Date
Authors
Journal Title
Journal ISSN
Volume Title
Publisher
XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA TO‘PLAMI
Abstract
Mazkur maqolada qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishida yer resurslaridan
oqilona foydalanish, ekinlar turlarini ilmiy asosda joylashtirish hamda almashlab ekish tizimlarini
tashkil etishning nazariy va amaliy jihatlari yoritilgan.
Description
Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishining barqaror rivojlanishi bevosita yer resurslaridan
oqilona foydalanish, ekin turlarini to‘g‘ri tanlash, ularni ilmiy asosda joylashtirish hamda samarali
almashlab ekish tizimlarini joriy etish bilan chambarchas bog‘liqdir. Yer – qishloq xo‘jaligining
asosiy ishlab chiqarish vositasi bo‘lib, uning miqdori cheklangan va qayta tiklanish jarayoni juda
sekin kechadi. Shu sababli yer resurslaridan noto‘g‘ri foydalanish tuproq unumdorligining
pasayishi, sho‘rlanish, eroziya, cho‘llanish hamda boshqa ekologik muammolarning kuchayishiga
olib keladi.