QISHLOQ XO'JALIK ENTOMOLOGIYASIDAN LABORATORIYA MASHG'ULOTLARI
Loading...
Date
Authors
Journal Title
Journal ISSN
Volume Title
Publisher
QISHLOQ XO'JALIK ENTOMOLOGIYASIDAN LABORATORIYA MASHG'ULOTLARI O'quv qo'llanma
Abstract
Ushbu o'quv qo'llanmasida qishloq xo'jalik ekinlarining zararkunandalarini qisqacha ta‘rifi, bioekologiyasi, tuzilishi va zarari haqidagi amaliy ma‘lumotlar keltirilgan. Har bir laboratoriya mavzusiga oid topshiriqlar, preparatlar, zarur jihozlar va topshiriqni bajarish yuzasidan ko'rsatmalar berilgan. Bakalavr tomonidan mustaqil ravishda olingan amaliy bilim va ko'nikmalarni tekshirishning yangi pedtexnologiya elementlari keltirilgan. Qo'llanmaning ilova qismida fanga oid glossariy va insektisidlar ro'yxati bayon etilgan. Qo'llanma 60811000 – O'simliklar himoya qilish (turlari bo'yicha) va 60811100 – O'simliklar va qishloq xo'jalik
mahsulotlari karantini ta‘lim yo'nalishlariga qishloq xo'jalik entomologiyasi fanidan laboratoriya mashg'ulotlari uchun mo'ljallangan.
Description
Yangilanayotgan O'zbekiston Respublikasining qishloq xo'jaligini barqaror rivojlantirish va ekinlardan yuqori sifatli hosil olish borasida agrar soha xodimlari oldiga ulkan vazifalarni qo'ymoqda. Bu vazifalarni hal etishda boshqa agrotexnik va texnologik tadbirlar bilan bir qatorda, zararli organizmlardan nobud bo'lishiga qarshi samarali va uyg'unlashgan tizimda kurash olib borish eng muhim ahamiyatga ega. Ushbu masalada mutaxassislarning ekinlar zararkunandalari to'g'risidagi nazariy bilim va amaliy ko'nikmalari ularga qarshi kurash tadbirlarni belgilashda asosiy mezon bo'lib xizmat qiladi.