TAKRORIY EKIN SIFATIDA EKILGAN SOYANI SUG‘ORISH MUDDATLARI

Loading...
Thumbnail Image

Journal Title

Journal ISSN

Volume Title

Publisher

O‘ZBEKISTON JANUBIDA QISHLOQ XO‘JALIGINI INNOVATSION TEXNOLOGIYALAR ASOSIDA RIVOJLANTIRISH ISTIQBOLLARIII Xalqaro ilmiy-amaliy anjumani

Abstract

: Qishloq xo‘jalik ekinlari yetishtiriladigan mintaqaning ob-havo sharoiti, tuproqdagi zahira nam miqdori va navga bog‘liq holda o‘suv davri davomida soya o‘simligini 3-4 marta sug‘orish talab etiladi. Soya o‘simligi o‘sishi va rivojlanishi, hosildorligi ob-havo va iqlim sharoitlari qarotida qo‘llaniladigan agrotexnik tadbirlarga bog‘liq bo‘lib, sutkalik suv sarfi soyaning o‘sish fazalariga bog‘liq holda bo‘lib, maksimal suv sarfi dukkaklarni shakillanish fazasida kuzatilgan. Soya yetishtirish davrida oziqa moddalar bilan va suv bilan ta’minlanganlik darajasi o‘sish va rivojlanishni cheklovchi omillar sanaladi.

Description

Tajriba maydonida takroriy ekilgan soyani turli sug‘orish usuli va tartiblarida sug‘orish muddatlari va sug‘orishlar orasidagi davrlarni o‘rganish bo‘yicha olingan ilmiy natijalarga asoslanib xulosa qilish mumkinki, Qashqadaryo viloyatining och tusli bo‘z tuproqlari sharoitida takroriy ekilgan soyani sug‘orish usuli va tartiblari bo‘yicha butun o‘suv davri davomida 2 marta sug‘orilganda sug‘orishlar orasidagi davr 38 kunni, 3 marta sug‘orilganda 28-32 kunni, 4 marta sug‘orilganda 22-24 kunni, 5 marta sug‘orilganda 16-19 kunni, 6 marta sug‘orilganda 14-16 kun, 7 marta sug‘orilganda 12-14 kunni va 8 marta sug‘orilganda 10-12 kunni tashkil etadi.

Citation