ZАMONАVIY GAT DАSTURLАRI ORQALI QISHLOQ XO’JALIGI YERLАRIDАN FOYDАLАNISH KАRTАLАRINI TUZISH
Loading...
Date
Journal Title
Journal ISSN
Volume Title
Publisher
“INTERNATIONAL СONFERENCE ON LEARNING AND TEACHING 2022/3”
Abstract
Hozirgi kunda respublikamiz xalq xoʼjaligining turli
sohalarida, ayniqsa qishloq xoʼjalik xaritalardan foydalanishda zamonaviy GAT
dasturlaridan keng foydalangan holda aniqlik darajasi yuqori boʼlgan elektron
raqamli kartalarni yaratish texnologiyasi yoʼlga qoʼyilib, mavjud 1:10000 va 1:25000
miqyosidagi elektron raqamli kartalar yangilanmoqda. Shu bilan bir qatorda turli
formatlarda yaratilgan raqamli kartalar ArcGIS dasturi formatlarida bajarilmoqda.
Description
Dunyoda uning turli mintaqalarida kechayotgan ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni
zamonaviy GAT asosida elektron xaritalarni yaratishga muhim ahamiyat kasb etadi.
Jumladan, qishloq xoʼjaligi sohasini oʼrganish, tahlil qilishda kartografik taʼminlash
uslublaridan keng foydalanish muhim masalalardan biri hisoblanadi. Bu borada
jahonning rivojlangan davlatlarida iqtisodiyotni rivojlantirish bilan bogʼliq qishloq
xoʼjaligi, tabiiy va ijtimoiy - iqtisodiy muammolarni oʼrganishda ham qishloq
xoʼjaligi elektron xaritalari yordamida hudud toʼgʼrisida ishonchli maʼlumotlar
olishni taʼminlash hozirgi zamon kartografiyasining dolzarb vazifalari sifatida
alohida eʼtibor qaratilgan.
Hozirgi kunda respublikamizda iqtisodiyotni va xususan, qishloq xoʼjaligini
rivojlantirish, mamlakatimizning tabiiy va mehnat resurslaridan oqilona foydalanish
va ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarini inobatga olgan holda, qishloq xoʼjaligi
tarmoqlarining hududiy tarkibini takomillashtirishga doir keng qamrovli chora
tadbirlar amalga oshirilmoqda. 2017-2021 yillarda Oʼzbekiston Respublikasini
yanada rivojlantirish boʼyicha Harakatlar strategiyasida, jumladan «qishloq
xoʼjaligini modernizatsiya qilish va jadal rivojlantirish, iqtisodiyotda davlat
ishtirokini kamaytirish boʼyicha institutsional va tarkibiy islohotlarni davom ettirish»
kabi vazifalar belgilangan.
Citation
Maqola