MOLIYA BOZORINI RIVOJLANTIRISHDA MOLIYAVIY TEXNOLOGIYALARNI JORIY ETISH YO’NALISHLARI
Loading...
Date
Authors
Journal Title
Journal ISSN
Volume Title
Publisher
“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN UZBEKISTAN” JURNALI
Abstract
Mazkur ilmiy tezisda moliyaviy texnologiyalardan foydalanish
orqali kapital bozorini rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari bayon etilgan.
Respublikamizda kapital bozorini rivojlantirishga doir ilmiy takliflar ishlab
chiqilgan. Xalqaro amaliyot tajribalariga doir ilmiy yondashuvlar yoritilgan.
Description
Bugungi kunda jahon va milliy amaliyotda amalga oshirilayotgan moliyaviy
xizmatlar va pul mablag‘larini raqamlashtirish moliyaviy xizmatlar doirasi va
samaradorligini kengaytirish hamda iqtisodiy rivojlanishni rag‘batlantirish uchun
imkoniyatlar yaratmoqda. Mamlakatlar ushbu imkoniyatlardan foydalanishlari va
xavfsiz moliyaviy innovatsiyalarni ishlab chiqish va qabul qilishni qo‘llab
quvvatlovchi va rag‘batlantiradigan iqtisodiy siyosatni amalga oshirishga alohida
ahamiyat qaratmoqda. Jumladan O‘zbekiston Respublikasida iqtisodiyot raqamli
texnologiyalarni rivojlantirish borasida qator islohotlar amalga oshirib kelinmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 5 oktyabrdagi «Raqamli
O‘zbekiston - 2030» Strategiyasini tasdiqlash va uni samarali amalga oshirish chora
tadbirlari to‘g‘risidagi PF-6079-sonli farmonini qabul qilinishi yuqoridagi
so‘zimizning tasdig‘idir. Mazkur farmonda respublikada raqamli industriyani jadal
rivojlantirish, milliy iqtisodiyot tarmoqlarining raqobatbardoshligini oshirish,
shuningdek, 2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning
beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini «Ilm, ma’rifat va
raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili»da amalga oshirishga oid davlat dasturida
belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida qator ustuvor vazifalar belgilab
berilgan.