TAKRORIY EKIN SIFATIDA EKILGAN SOYANI SUG‘ORISH MUDDATLARI
| dc.contributor.author | Chuliyev Maxmatmurod Norboyevich | |
| dc.date.accessioned | 2025-12-06T04:08:59Z | |
| dc.date.available | 2025-12-06T04:08:59Z | |
| dc.date.issued | 2025-10-23 | |
| dc.description | Xulosa. Tajriba maydonida takroriy ekilgan soyani turli sug‘orish usuli va tartiblarida sug‘orish muddatlari va sug‘orishlar orasidagi davrlarni o‘rganish bo‘yicha olingan ilmiy natijalarga asoslanib xulosa qilish mumkinki, Qashqadaryoviloyatining och tusli bo‘z tuproqlari sharoitida takroriy ekilgan soyani sug‘orish usuli va tartiblari bo‘yicha butun o‘suv davri davomida 2 marta sug‘orilganda sug‘orishlar orasidagi davr 38 kunni, 3 marta sug‘orilganda 28-32 kunni, 4 marta sug‘orilganda 22-24 kunni, 5 marta sug‘orilganda 16-19 kunni, 6 marta sug‘orilganda 14-16 kun, 7 marta sug‘orilganda 12-14 kunni va 8 marta sug‘orilganda 10-12 kunni tashkil etadi. | en_US |
| dc.description.abstract | Qishloq xo‘jalik ekinlari yetishtiriladigan mintaqaning ob-havo sharoiti, tuproqdagi zahira nam miqdori va navga bog‘liq holda o‘suv davri davomida soya o‘simligini 3-4 marta sug‘orish talab etiladi. Soya o‘simligi o‘sishi va rivojlanishi, hosildorligi ob-havo va iqlim sharoitlari qarotida qo‘llaniladigan agrotexnik tadbirlarga bog‘liq bo‘lib, sutkalik suv sarfi soyaning o‘sish fazalariga bog‘liq holda bo‘lib, maksimal suv sarfi dukkaklarni shakillanish fazasida kuzatilgan. Soya yetishtirish davrida oziqa moddalar bilan va suv bilan ta’minlanganlik darajasi o‘sish va rivojlanishni cheklovchi omillar sanaladi. | en_US |
| dc.description.sponsorship | D.Yormatova va boshqalar soyaning “Do‘stlik”, “Izumrud” va “Orzu” navlarini takroriy ekin sifatida ekib hosil etishtirishda quyidagi tavciyalarni berishgan, ya’ni, sifat ekishda qator oralig‘i 70 sm, urug‘ ekish me’yori gektariga 80 kg, tup soni 380-400 tup bo‘lishini ta’kidlaganlar. Soya o‘simligi takroriy 15- iyunda ekilganda besh martagacha, 25-iyunda ekilganda to‘rt marta va 5-iyulda ekilganda uch marta sug‘orish, bir martalik sug‘orish me’yori gektariga 800-900 m3 bulishi lozimligini ko‘rsatib o‘tishgan, hosildorlik gektariga 22-29 s. bo‘lgan [1; 41-42-b]. Andijon viloyatining sizot suvlari 1,5-2,0 m bo‘lgan o‘tloq-bo‘z tuproqlarida kuzgi bug‘doydan keyin takroriy ekin sifatida soyaning o‘rtapishar “Yug-30”, “5334” navlari sug‘orish tartiblarini o‘rganib, shu sharoit uchun yuqorida keltirilgan navlarni sug‘orishda tuproqning sug‘orishdan oldingi maqbul namligini ChDNCga nisbatan 70-80-80 % miqdorda belgilash maqsadga muvofiq deb hisoblaydi. Bunda gullaguncha 1 marta, 600-700 m3 /ga va keyingi sug‘orishlarni 700-800 m3 /ga me’yorda berish tavsiya qilingan [3; 13-b.]. Tajriba o‘tkazilgan yillarda birinchi sug‘orishning boshlanish muddati tuproqning faol qatlam (100 sm) tarkibidagi atmosfera yog‘inlari, asosiy ekinlarni sug‘orish va nam to‘plovchi sug‘orish natijasida vujudga kelgan. Dastlabki sug‘orish tuproqning namlik darajasi hamda sug‘orishdan oldingi ChDNSga nisbatan tuproq namligiga bog‘liq holda belgilanib, bu ko‘rsatkich o‘rtacha ChDNSga nisbatan 60-70-60 variantda 19 iyun, ChDNSga nisbatan 60-70-70 variantda 12 iyun, ChDNSga nisbatan 70-75-75 variantda 10 iyun, ChDNSga nisbatan 70-80-80 variantda 8 iyunga to‘g‘ri keldi (1- jadval). | en_US |
| dc.identifier.uri | https://dspace.kstu.uz/xmlui/handle/123456789/4304 | |
| dc.language.iso | other | en_US |
| dc.publisher | Xalqaro ilmiy-amaliy anjumani | en_US |
| dc.subject | och tusli bo‘z tuproqlar, soya, o‘ssh, rivojlanish, agrotexnika, asosiy ekin, takroriy ekin, dehqonchilik, o‘simlik bo‘yi. | en_US |
| dc.title | TAKRORIY EKIN SIFATIDA EKILGAN SOYANI SUG‘ORISH MUDDATLARI | en_US |
| dc.title.alternative | O‘ZBEKISTON JANUBIDA QISHLOQ XO‘JALIGINI INNOVATSION TEXNOLOGIYALAR ASOSIDA RIVOJLANTIRISH ISTIQBOLLARI” MAVZUSIDAGI II XALQARO ILMIY-AMALIY ANJUMANI | en_US |
| dc.type | Article | en_US |