SUT EMIZUVCHI AYOLLARNING OQILONA OVQATLANISHIDA UCHRAYDIGAN MUAMMOLAR (O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI QASHQADARYO VILOYATI KASBI TUMANI MISOLIDA)
Loading...
Date
Authors
Journal Title
Journal ISSN
Volume Title
Publisher
XORAZM MA’MUN AKADEMIYASI
Abstract
Mazkur maqolada Kasbi tumanida istiqomat qiluvchi sut emizuvchi ayollar o‘rtasida ratsional ovqatlanish madaniyati va amaliyotlari o‘rganildi. So‘rovnomalar, kuzatuvlar va statistik tahlillar orqali ularning iste’mol qilgan oziq-ovqat mahsulotlari tahlil qilindi. Tadqiqot natijalari emizikli onalar ovqatlanishida ayrim muammolar borligini ko‘rsatdi. Ushbu maqola orqali aniqlangan kamchiliklar asosida tegishli tavsiyalar beriladi.
Description
Sog‘lom ovqatlanish har bir inson salomatligining asosi bo‘lib, ayniqsa, ayollar hayotining homiladorlik va emizish kabi mas’uliyatli bosqichlarida bu masala yanada muhim ahamiyat kasb etadi. Aynan emizish davrida ona nafaqat o‘zining, balki bolasining ham sog‘lig‘i uchun mas’uldir. Ona sutining sifati va miqdori bevosita uning ovqatlanishiga bog‘liq bo‘lib, bu sut chaqaloq uchun
yagona va eng maqbul ozuqa manbaidir [1, 3]. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (WHO) ma’lumotlariga ko‘ra, emizikli ayollar har kuni qo‘shimcha 500 kkal energiya, 15–20 grammdan ortiq oqsil, shuningdek, temir, kalsiy, vitamin D, A va folat kabi muhim mikroelementlarni iste’mol qilishi lozim [2]. Agar bu ehtiyojlar to‘liq ta’minlanmasa, birinchi navbatda ona organizmi zaxiralari kamayadi, ikkinchi bosqichda esa bu chaqaloqning rivojlanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi [4, 6].