GOOGLE EARTH ENGINE PLATFORMASI ORQALI YERDAN FOYDALANISH RAQAMLI XARITASINI TUZISH VA UNING TAHLILI
Loading...
Date
Journal Title
Journal ISSN
Volume Title
Publisher
YERLARDEGRADATSIYASIGAQARSHI KURASHISHNINGINTENSIVVAINNOVATSION YECHIMLARI,YERRESURSLARIDANFOYDALANISHNI RAQAMLASHTIRISH
Abstract
Ushbu maqolada Google Earth Engine (GEE) platformasidan foydalanib,
yer resurslaridan foydalanishning raqamli xaritasini tuzish va uning tahlili amalga oshirilgan.
GEE – bu katta hajmdagi geoma’lumotlar bilan ishlash uchun mo‘ljallangan bulutli hisoblash
platformasi bo‘lib, sun’iy yo‘ldosh tasvirlari, meteorologik ma’lumotlar va boshqa turli
manbalarni birlashtiradi. Maqolada yer resurslarini samarali boshqarish va monitoring qilish
uchun GEE imkoniyatlari ko‘rib chiqilgan. Yerning qishloq xo‘jaligi, o‘rmon xo‘jaligi va
urbanizatsiya jarayonlari kabi sohalardagi o‘zgarishlarini aniqlashda GEE yordamida turli
sun’iy yo‘ldosh tasvirlari tahlili amalga oshirilgan.
217
Ushbu tahlil natijalari resurslardan samarali foydalanish, ekologik muammolarni erta
aniqlash va yechimlarni ishlab chiqish uchun muhim asos bo‘lib xizmat qiladi. GEE
platformasining kengaytirilgan hisoblash imkoniyatlari hamda ochiq ma’lumotlar bazasi
ushbu jarayonni tezkor, aniq va ilmiy jihatdan ishonchli amalga oshirishga imkon beradi
Description
Bugungi kunda yer resurslarini samarali boshqarish va ularning holatini
monitoring qilish global ahamiyatga ega masalalardan biri hisoblanadi. Iqlim o‘zgarishlari,
urbanizatsiya jarayonlari, tuproq degradatsiyasi va suv resurslarining cheklanganligi kabi
muammolar ekologik va iqtisodiy xavfsizlikka jiddiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Ushbu
muammolarni aniqlash, tahlil qilish va samarali yechimlar ishlab chiqish uchun zamonaviy
texnologiyalardan foydalanish muhim ahamiyat kasb etadi [1]. Geoaxborot tizimlar (GAT)
va masofadan zondlash texnologiyalari bu sohadagi eng samarali vositalardan biri bo‘lib,
ulardan foydalanish orqali katta hajmdagi geoma’lumotlarni tahlil qilish va vizualizatsiya
qilish imkoniyati paydo bo‘lmoqda. Ayniqsa, Google Earth Engine (GEE) platformasi katta
hajmdagi sun’iy yo‘ldosh tasvirlari va boshqa geoma’lumotlar ustida ishlashni
soddalashtiradi va jarayonni tezlashtiradi. Ushbu platforma yordamida raqamli xaritalar
tuzish, ekologik monitoring o‘tkazish va resurslardan foydalanish samaradorligini oshirish
mumkin [1, 2].
Citation
maqola