Iqtisodiyotni raqamlashtirish sharoitida qishloq xo‘jaligida aktivlarni hisobga olishni takomillashtirish

Loading...
Thumbnail Image

Journal Title

Journal ISSN

Volume Title

Publisher

INNOVATSION IQTISODIYOT ilmiy amaliy elektron jurnal

Abstract

Ushbu maqolada Buxgalteriya hisobi va moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga asosan qishloq xo‘jaligi korxonalari buxgalteriya balansida aktivlarning tarkibi bo‘yicha takliflar ishlab chiqilgan. Buxgalteriya balansida asosiy vositalarni turlari (klaslari) bo‘yicha detallashtirish, investitsiyaviy mulklar kabi moddalarni kiritish taklif etilgan. Maqolada qishloq xo‘jaligida aktivlar hisobining tashkiliy-uslubiy jihatlarini takomillashtirish yuzasidan takliflar asoslangan.

Description

Buxgalteriya hisоbi оldida turgan muhim vazifalardan biri bu kоrxоnalarda amalga оshirilayоtgan islоhоtlar jarayоnlari tо‘g‘risida real va batafsil axbоrоtlarni shakllantirish, ularni fоydalanuvchilar, avvalambоr, investоrlarga о‘z vaqtida yetkazib berishdir. Ichki bozorda narxlar barqarorligini taʼminlash bugungi kunning dolzarb masalasi hisoblanadi. Bu o‘z vaqtida mahsulotni yetishtiruvchi subyektlar, xususan, qishloq xo‘jaligida biologik aktivlardan olinadigan hosilni o‘z vaqtida hisob– kitobini xalqaro standartlar asosida yuritish va muhim hisoblanadi. Bundan ko‘rinib turibdiki, hozirgi sharoit qishloq xo‘jaligida faoliyat yuritayotgan korxonalar faoliyatini rivojlantirish, ularda hisob va hisobot ishlarini xalqaro tajribalar asosida takomillashtirishni taqozo etmoqda. Amaldagi buxgalteriya hisobiga oid milliy standartlarda qishloq xo‘jaligida faoliyat yuritayotgan korxonalar faoliyatining xususiyatlaridan kelib chiqib hisobni yuritish tartiblari aniq belgilanmagan. Bu esa mazkur mavzuda tadqiqotlar olib borilishini taqozo etadi hamda qishloq xo‘jaligida faoliyat yuritayotgan korxonalarlarda aktivlarni xalqaro standartlar asosida tasniflash, ularni moliyaviy hisobotda aks ettirish masalalari dolzarb ekanligidan dalolat beradi.

Citation