MINTAQADA TURISTIK-REKREATSION SALOHIYATNI OSHIRISH VA UNING MINTAQAVIY INFRATUZILMASINI TAKOMILLASHTIRISH CHORA TADBIRLARI

Abstract

Ushbu maqolada hududning turistik resurslari va turizm infratuzilmasi rivojlanish darajasini aniqlashning geografik asoslari, ularni yaxshilash bo‘yicha ilmiy va amaliy takliflar hamda tavsiyalar, turistik va rekreatsion resurslardan oqilona foydalanish, kelajakda turizmning turli yo‘nalishlarini rivojlantirish va mavjud turizm infratuzilmasini takomillashtirish masalalari batafsil yoritilgan.

Description

So’nggi yillarda Qashqadaryo viloyatida sayyohlar oqimini ko’paytirish va turizm infratuzilmasini takomillashtirishga qaratilgan muhim islohotlar amalga oshirilib kelinmoqda. Mahalliy va xorijiy sayyohlarning mintaqada yaratilgan sharoitlar haqidagi fikrlarini o’rganish, shuningdek, Qashqadaryo viloyatida turizmni rivojlantirishdagi muammolarni aniqlash maqsadida turistik oqimlarni o’rganish, hududlarda turistlarni sayyohlik obyektlariga tashrif buyurishini tadqiq va tahlil qilish hamda turizmni rivojlanishiga to’sqinlik qilayotgan kamchiliklarni aniqlash, tadqiqotning asosiy vazifalari sifatida belgilangan. Sotsiologik so’rovlar orqali ayniqsa, aholining ijtimoiy demografik holatini o’rganishda ko’p qo’llaniladi. Anketa so’rovlari ma’lum maqsaddan kelib chiqib, keng qamrovli tuzilganligi tadqiqotni samarali o’tkazishda muhim ahamiyatga ega. Aholi turli qatlamlarining dam olishga munosabati, talab va ehtiyojlarini keng o’rganish imkonini beradi. Turistik xizmatlar turistlarning yashash tarzini, harakatlanishini ta’minlash, turistlarning turistik obyektlarga bemalol kirishlari, turistik faoliyat jarayonida turistlarning turar joyi, ovqatlanishi, madaniy, kommunal, aloqa va boshqa ehtiyojlarini qondirishi nazarda tutiladi. Turizm va rekreatsiyani rivojlanishida, hududning turistik-rekreatsion salohiyatini, infratuzilma tizimlarini shakllantirishda turlicha omillar va shart-sharoitlarning ta’siri muhim hisoblanadi. Ular orasida tabiiy geografik, ijtimoiy-iqtisodiy, demografik, tibbiy-biologik, etnik, ijtimoiy-psixologik va boshqa omillar alohida o’rin tutadi. ADABIYOTLAR TAHLILI Tog’ va cho’l landshaftla

Citation

maqola