CHO‘L MINTAQASI HUDUDIDAGI QISHLOQ XO‘JALIGI YERLARINING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI

Loading...
Thumbnail Image

Journal Title

Journal ISSN

Volume Title

Publisher

XALQARO ILMIY-AMALIY ANJUMANI

Abstract

Ushbu maqolamda kadastr tizimi, uning tashkiliy-huquqiy va boshqaruv shakllari tegishli malumotlarni, kadastr tizimi, uning tashkiliy huquqiy va boshqaruv shakllari tegishli bõlgan ba’zi malumotlarni olishingiz mumkin. bu maqolada kadastr tizimi, uning tashkiliy-huquqiy va boshqaruv shakllari va ular bilan ishlashda qo’llaniladigan ba’zi bir preborlarni uchratishingiz, ularni kuzatishingiz mumkin. Agarda maqolamda bazi bir kamchiliklar bo’lsa buning uchun men oldindan sizlardan uzr so’rayman.

Description

Viloyatda quyidagi tuproqlar tarqalgan bo‘lib, ulardan sug‘oriladigan va lalmikor dehqonchilikda keng foydalanilmoqda. Lalmi jigarrang tuproqlar mexanik tarkibiga ko‘ra o‘rta va og‘ir qumoqlidir. Eroziyaga uchramagan tuproqlarning ning haydalma qatlamidagi gumus miqdori 2,2-4,9% ni, kuchli yuvilmagan tuproqlarda 1-2% ni tashkil etadi. Yalpi azot miqdori 0,10-0,2% dan iborat. To‘q tusli bo‘z lalmi tuproqlar mexanik tarkibiga ko‘ra o‘rta qumloqlidir. Bu tuproqlarning gumus 204 miqdori 0,6-2,6% ni, yalpi azot 0,04-0,18% ni tashkil etadi. Sug‘oriladigan tipik bo‘z tuproqlar mexanik tarkibiga ko‘ra yengil, o‘rta va og‘ir qumoqlardan iboratdir. Bu tuproqlarda gumus miqdori ustki qatlamda 0,9-1,6 atrofida tebranib turadi. Ushbu qatlamda umumiy azot 0,06-0,12%, umumiy fosfor esa 0,16-0,20% ni tashkil etadi. Lalmi tipik bo‘z tuproqlar mexanik tarkibiga ko‘ra o‘rta, og‘ir va yengil qumoqlardan iborat. Bu tuproqlarda gumus miqdori 1,2-2,1%, yalpi azot 0,04-0,12% ni tashkil etadi. Sug‘oriladigan och tusli bo‘z tuproqlar viloyatda keng tarqalgan bo‘lib, uzoq vaqt sug‘orilishi natijasida ularning katta qismi yarim gidromorf va gidromorf tuproqlarga aylangan. Gumus haydalma qatlamda 0,8-1,5% oralig‘ida tebranib tursa, pastki qatlamlarda 0,5-0,7% gacha kamayadi. Umumiy azot miqdori esa 0,05-0,15 %, umumiy fosfor esa 0,22-0,35% ni tashkil etadi. Och tusli bo‘z tuproqlar sho‘rlanishga moyil bo‘lganligi sababli, ko‘p hollarda kuchsiz va o‘rtacha sho‘rlangan bo‘ladi. Sug‘oriladigan bo‘z-o‘tloqi tuproqlar bo‘z va o‘tloqi tuproqlar oralig‘idagi o‘tuvchi tuproqlar hisoblanadi. Bu tuproqlarning haydalma qatlamida 0,6-1,5%, azot 0,04-0,04% oralig‘ida o‘zgarib turadi. Sug‘oriladigan bo‘z-o‘tloqi tuproqlarda umumiy fosfor miqdori 10,12-0,21%, umumiy kaliy esa 1,5-1,8% ni tashkil etadi. Mexanik tarkibiga ko‘ra xilma-xil bo‘lib, qumloqli va yengil qumoqdan o‘rta va og‘ir qumoqligicha o‘zgarishi mumkin. Ushbu tuproqlar sho‘rlaniga moyil hisoblanadi. Tarqalish mintaqasiga bog‘liq ravishda sho‘rlanmagan tuproqlardan tortib, kuchsiz va o‘rtacha sho‘rlangan tuproqlargacha uchrashi mumkin. Sug‘oriladigan sur qo‘ng‘ir-o‘tloqi tuproqlar mexanik tarkibiga ko‘ra yengil qumoqli va qumoqlidir. Bu tuproqlarning gumus miqdori 0,4-0,8% ni tashkil etadi. Sug‘oriladigan o‘tloqi tuproqlar tipik va och tusli bo‘z tuproqlar mintaqasi hamda cho‘l mintaqasining turli geomorfologik yerlarida sizot suvlari 1-2,5 metr chuqurlikda joylashgan sharoitlarda shakllanadi. Tuproqlarning haydalma qatlamida gumus miqdori 0,7-1,6%, umumiy azot 0,03-0,11%, fosfor 0,09-0,23%, kaliy esa 1,4-1,8% gacha oraliqda tebranib turadi. Sug‘oriladigan o‘tloqi allyuvial tuproqlar viloyatning cho‘l mintaqasida yer osti suvlari 1,5-2,5 metr chuqurlikda joylashgan daryo yoyilmalari hamda qadimgi allyuvial, prolyuvial-allyuvial yotqiziqlarda shakllangan. Sug‘oriladigan o‘tloqi tuproqlar mexanik tarkibiga ko‘ra ko‘p hollarda o‘rta va og‘ir qumoqlardan iborat bo‘lib, turli darajada sho‘rlanishga uchragan. Sug‘orilish davriga ko‘ra bu tuproqlar qadimdan sug‘oriladigan o‘tloqi allyuvial, yangidan sug‘oriladigan o‘tloqi allyuvial va yangidan o‘zlashtiriladigan o‘tloqi allyuvial tuproqlarga ajratiladi. Sug‘oriladigan sur qo‘ng‘ir-o‘tloqi tuproqlar boshqa o‘tuvchi tuproqlar singari avtomorf aynan sur tusli qo‘ng‘ir tuproqlarni sug‘orish natijasida paydo bo‘lgan bo‘lib, bu tuproqlar gumusga kambag‘al (0,4-0,8%) hisoblanadi, sho‘rtoblashgan, baʼzi joylarda kuchsiz darajada sho‘rlanishga chalingan. Mexanik tarkibi bo‘yicha sug‘oriladigan sur qo‘ng‘ir-o‘tloqi tuproqlar yengil qumoqli, baʼzan qumloqli turlari uchraydi. Sug‘oriladigan taqirli-o‘tloqi tuproqlar Qashqadaryo viloyatining qadimgi allyuvial deltali tekisliklarida taqirli tuproqlarni keng o‘zlashtirish va sug‘orish taʼsirida hosil bo‘lgan. Bu tuproqlarning haydalma qatlamida gumus 0,5-1,1%, umumiy azot 0,04-0,10%, umumiy fosfor 0,11-0,14% oraliqda tebranib turadi. Mexanik tarkibiga ko‘ra tuproqlar yengil va o‘rta qumoqli hisoblanadi. Bu tuproqlar kam va o‘rtacha darajada sho‘rlangan tuproqlar qatoriga kiradi.

Citation