BIR FAZALI ELEKTR ISTE’MOLCHILARNI TIRISTOR VA SIMISTOR ASOSIDAGI KONTAKTSIZ QURILMALAR YORDAMIDA ISHGA TUSHIRISH
Loading...
Date
Authors
Journal Title
Journal ISSN
Volume Title
Publisher
Development of science
Abstract
Kichik quvvatli elektr iste’molchilarni bir fazali elektr tarmog‘idan
samarali va xavfsiz tarzda ta’minlash, ayniqsa ularni kommutatsiyalash jarayonida,
ishonchli va zamonaviy texnologiyalarga asoslangan kommutatsiya apparatlaridan
foydalanishni talab etadi. An’anaviy rele yoki kontaktorlar asosidagi kommutatsiya
qurilmalari uzoq yillardan buyon qo‘llanib kelinayotgan bo‘lsa-da, ular mexanik
harakatlanuvchi qismlarga ega bo‘lib, bu esa ularning xizmat muddati va
ishonchliligiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Ushbu maqolada simistor asosida ishlab
chiqilgan kontaktsiz kommutatsiyalash qurilmasi haqida batafsil ma’lumotlar
keltirilgan. Bunday qurilmalar, ayniqsa, maishiy yoki sanoat tarmoqlarida
ishlatiladigan kichik quvvatli nasoslar, isitgichlar va boshqa bir fazali yuklamalarni
avtomatlashtirib boshqarishda muhim ahamiyat kasb etadi. Simistor asosidagi
kontaktsiz kommutatsiyalash qurilmalari o‘zining ixchamligi, yuqori ishonchliligi,
kam energiya sarfi va shovqinsiz ishlashi bilan ajralib turadi. Qurilma tarkibida
mexanik kontaktlarning yo‘qligi tufayli u uzoq muddat xizmat qiladi va servis
xarajatlarini kamaytiradi. Shu bois, ushbu turdagi qurilmalar kichik quvvatli elektr
tizimlarida keng qo‘llanilishi maqsadga muvofiq hisoblanadi.