SHAHAR HUDUDINI RIVOJLANTIRISHDA AHOLI PUNKTLARI YERLARINING TARKIBI
| dc.contributor.author | Tursunov Suhrob Ro‘zimurod o‘g‘li | |
| dc.date.accessioned | 2025-12-05T05:44:53Z | |
| dc.date.available | 2025-12-05T05:44:53Z | |
| dc.date.issued | 2024 | |
| dc.description | O‘zbekiston Respublikasining yer kodeksida (60-modda) yuridik va jismoniy shaxslarning yer uchastkalari chegaralari bo‘yicha aholi punktlarini chegaralarini belgilash ko‘zda tutilgan. Demak, shahar chegarasi qo‘shni yerdan foydalanuvchilarni huquqiy rasmiylashtirilgan chegaralari bo‘yicha o‘tishi zarur. Shu sababli shahar chegaralarini belgilashni aholi punktlari yer kadastrini yuritishning asosiy boshlang‘ich holati deb qarash zarur: -Yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlarni ro‘yxatga olish, shaharlarda yer hisobini yuritish ham, yerdan foydalanuvchilarni to‘lov qobiliyatiga qarab, (kadastr xizmatlari uchun) bugungi kunda amaliy jihatdan tanlangan holda amalga oshiriladi. Davlat yer kadastrini yuritish shahar va tuman xizmatlarida amalga oshiriladi, ular xo‘jalik hisobi asosida ish yuritadilar. Buning natijasida shahar chegarasidagi yerlarni yoppasiga (ma’muriy va ijtimoiy ob’ektlar bilan birgalikda) ro‘yhatga olish va hisobini yuritish bo‘yicha har doim ham moliyaviy imkoniyatga ega emaslar. Shu sababli ham hozir kungacha amaliy jihatdan respublikaning hech bir shahar yer kadastri bilan to‘la qamrab olinmagan; -shahar yerlarini kadastr baholanishining samarali, ilmiy asoslangan uslubiyatining mavjud emasligi hamda buning natijasida kadastr tadbirlari tarkibida bu turdagi ishning bajarilmaganligi. Bugungi kunda, 2007 yilning boshidan yer uchaskalarini hususiylashni boshlanishi munosabati bilan shahar yerlari qiymatini kadastr baholash asosida emas balki hududni iqtisodiy baholash asosida belgilashga urinishlar mavjuddir. Bu ikki turdagi baholashning alohida-alohida va turli mazmundagi turlari bo‘lib ular turli mohiyatga, metodologiyaga hamda mazmunga egadirlar. Undan tashqari yerga bahoni tabaqalashtirish uchun (yer solig‘ini va ijara haqini hisoblash) hududni mintaqalash qurolidan foydalanish metodologik nuqtai-nazaridan noto‘g‘ri usuldir, negaki bunday holatda salbiy samara vujudga kelishishi mumkin. | en_US |
| dc.description.abstract | Maqolada Shahar hududini rivojlantirishni boshqarish, shahar hududidagi qurilmalar tarkibini maqbullashtirish va boshqalar. Ammo, shahar hududini mintaqalashda qo‘llanladigan “kadastr”, “iqtisodiy” va “soliq” mintaqalashtirish baholash ko‘rsatkichlarini tabaqalashtirish uchun uslubiy jihatdan noto‘g‘ri baholash natijalarini buzib ko‘rsatuvchi usuli haqida fikr yuritilgan. | en_US |
| dc.description.sponsorship | Kirish. Aholi punktlari yerdan foydalanishini axborotli ta’minotining o‘ziga hosligi shaharlar va pasyolkalar yerlari kadastrini yuritishning qator hususiyatlarini o‘z ichiga oladi. Ushbu yerlarni xisob qilishning o‘ziga hos hususiyati shundan iboratki, shaharlar va pasyolkalarda kichik maydonli yer uchastkalariga ega bo‘lgan (qishloq xo‘jaligi korxonalariga nisbatan) ko‘p sonli yerdan foydalanuvchilar to‘plangan. Bu esa o‘z navbatida ancha yirik masshtabli xarita materiallaridan foydalanishni yerda turib tasvirga olish zaruriyatini, nisbatan murakkab kodlashtirishni, yer uchastkalar maydonlarini bog‘lash va aniqlashni, yer hisobida ancha yuqori aniqlikni (boshqa toifa yerlarga nisbatan), mintaqalar bo‘yicha yer uchastkalarini tabiqlashtirishni talab qiladi. Yerlarni baholash uchun ham qator hususiyatlar harakterlidir: yerlarni bantirovkasini o‘tkazish zaruriyati (tuproq bantirovkasidan farqli o‘laroq): “tashqi” va “ichki”omillarning butun majmuasini hisob qilish talablari, qaysiki ular yer uchastkalarini iste’mol hususiyatlariga ta’sir etadilar: shahar pasyolka chegarasidagi turli toifa yerlarni baholash zaruriyati. | en_US |
| dc.identifier.issn | 2181-4341 | |
| dc.identifier.uri | https://dspace.kstu.uz/xmlui/handle/123456789/4250 | |
| dc.language.iso | other | en_US |
| dc.publisher | ILMIY METODIK JURNAL | en_US |
| dc.subject | Qiymat baholash, aholi punktlari, yerlarni bantirovkasi, soliq stavka, | en_US |
| dc.title | SHAHAR HUDUDINI RIVOJLANTIRISHDA AHOLI PUNKTLARI YERLARINING TARKIBI | en_US |
| dc.title.alternative | IQRO JURNALI | en_US |
| dc.type | Article | en_US |