YAYLOV YERLARINING DEGRADATSIYA OMILLARI

Loading...
Thumbnail Image

Journal Title

Journal ISSN

Volume Title

Publisher

XALQARO ILMIY VA ILMIY TEXNIKAVIY ANJUMANI

Abstract

Chorvachilikning rivojlanishiga Respublika yaylov yerlaridan foydalanish samaradorligi muhim taʼsir koʼrsatadi. Shuni hisobga olgan holda, taʼkidlash joizki, yaylovlarni barqaror boshqarish, yem-xashak yetishtirishni koʼpaytirish, yaylov yerlari unumdorligini oshirish, xususan, hozirda butun dunyoda global muammoga aylangan yaylov degradatsiyasiga qarshi kurashish va uni bartaraf qilish bugungi kunning dolzarb muammolardan hisoblanadi.

Description

Xulosa qilib aytganda, Qashqadaryo viloyati tabiiy yaylovlarida degradatsion jarayonlar asosan shamol va suv eroziyasi, chо‘llanish, shо‘rlanish, tuproqning zichlanishi va о‘simlik qoplamasining yо‘qolishi orqali namoyon bо‘ladi. Bu jarayonlarning oldini olish uchun yaylovlarni ilmiy asosda boshqarish, chorva yuklamasini meyorlash, meliorativ tadbirlar о‘tkazish va biologik tiklanish choralarini kо‘rish zarur. Yer tuzish va yer kadastri tizimi mamlakat iqtisodiy rivojlanishi uchun muhim ahamiyatga ega bо‘lib, ular orqali yer resurslaridan samarali foydalanish, tabiiy resurslarni muhofaza qilish va degradatsiya jarayonlarini oldini olish imkoniyati yaratiladi. Tabiiy yaylovlarning degradatsiyasi nafaqat qishloq xо‘jaligi, balki butun ekotizim uchun jiddiy xavf hisoblanadi. Shu bois, yer resurslarini muhofaza qilish, ularni oqilona boshqarish va kelajak avlod uchun asrab qolish dolzarb vazifalardan biri hisoblanadi

Citation