EROZIYAGA UCHRAGAN YERLARDAN FOYDALANISHNING XITOY TAJRIBASI
Loading...
Date
Authors
Journal Title
Journal ISSN
Volume Title
Publisher
lmiy jurnal
Abstract
This article discusses the global issue of soil erosion, its
consequences, and analyzes the experience of the People's Republic of China in
restoring eroded lands and utilizing them effectively
Description
Xitoyning eroziyaga uchragan yerlarni tiklash va ulardan foydalanishdagi
tajribasi shuni ko‘rsatadiki, bu boradagi yondashuv kompleks, uzoq muddatli, ilm fanga asoslangan va ijtimoiy jihatdan inklyuziv bo‘lishi kerak. Faqatgina texnik
chora-tadbirlar emas, balki aholi bilan muloqot, ekologik ta’lim, iqtisodiy
rag‘batlantirish va zamonaviy texnologiyalar bilan uyg‘unlashgan siyosat muhim
rol o‘ynaydi.
O‘zbekiston sharoitida ham ushbu tajriba o‘ziga xos tarzda qo‘llanilishi
mumkin. Jumladan terrasa tizimlarini Surxondaryo, Qashqadaryo, Farg‘ona
vodiysi tog‘ oldi hududlariga joriy etish, qurg‘oqchil hududlarda
o‘rmonzorlashtirish orqali shamol eroziyasini kamaytirish, “Yashil texnologiyalar”
- tomchilatib sug‘orish, yomg‘ir suvlarini yig‘ish tizimlarini kengaytirish, aholini
ekologik kompensatsiya dasturlari orqali jalb etish, sun’iy yo‘ldosh monitoringi
orqali eroziya xaritasini ishlab chiqish va real vaqtda kuzatib boorish, Talabalar,
fermerlar, fuqarolik jamiyati tashkilotlarini barqaror yer boshqaruviga jalb etish.
Xulosa qilib aytganda, Xitoy tajribasi bizga o‘rgatadigan eng muhim dars
shuki, har bir yer – u qanchalik yaroqsiz ko‘rinsa ham – to‘g‘ri siyosat, ilm-fan,
texnologiya va odamlar ishtiroki orqali barqaror foyda keltiruvchi resursga
aylanishi mumkin. Bu faqat bir davlatning emas, butun insoniyatning ekologik
xavfsizligi yo‘lida tashlangan muhim qadamlardan biridir.