JADAL URBANIZATSIYA SHAROITIDA EKIN MAYDONLARINI SAQLASH MUAMMOLARI: XITOY TAJRIBASI

dc.contributor.authorUrinov Jamol Сhorshanbiyevich,
dc.contributor.authorO‘rinov Anvar Zokir o‘g‘l
dc.date.accessioned2026-10-09T07:07:41Z
dc.date.available2026-10-09T07:07:41Z
dc.date.issued2025-03-18
dc.descriptionXitoy ekin yerlarini saqlashda uch tomonlama tizimga tayanadi: umumiy maydon bo‘yicha qizil chiziq, xaritada belgilangan doimiy ekin yerlari va shahar kengayishi chegarasi, shuningdek yer olish - qoplash balansi. Rasmiy statistika bo‘yicha so‘nggi yillarda yo‘qotish to‘xtatilgan. Shu bilan birga ilmiy tadqiqotlar sifat balansi buzilishi, qoplash uchun yerlar o‘zlashtirilishining ekologik narxi, siyosatlar o‘rtasidagi ziddiyat va hududiy tengsizlik kabi muammolarni ko‘rsatadi. O‘zbekiston, xususan Qarshi atrofi uchun eng foydali saboqlar fazoviy chizish, sifat mezonlarini kiritish va monitoringni masofaviy zondlash bilan mustahkamlashdir
dc.description.abstractMaqolada Xitoy Xalq Respublikasining jadal urbanizatsiya sharoitida ekin maydonlarini saqlash bo‘yicha siyosati va uning amaliy natijalari tahlil qilinadi. Xitoyning “qizil chiziq”, doimiy asosiy ekin yerlari, “uch chiziq” va yer olish – qoplash balansi mexanizmlari ko‘rib chiqilib, bu tizimning miqdoriy yutuqlari hamda sifat, ekologiya va hududiy tengsizlik bo‘yicha muammolari ko‘rsatiladi
dc.description.sponsorshipShaharlar kengayishi bilan eng unumdor, odatda shahar atrofida joylashgan ekin yerlari birinchi bo'lib qurilishga tortiladi. Global prognozlarga ko'ra, urbanizatsiya 2030 yilgacha jahon ekin maydonlarining 1,8–2,4 foizini yo'qotishiga olib kelishi, yo'qotilayotgan yerlar esa o'rtacha ekin yerlaridan 1,77 baravar unumdor bo'lishi mumkin (Brend Amour va boshq., 2017). Aholisi katta, urbanizatsiya jadal borgan Xitoy bu muammoga qarshi dunyodagi eng qat'iy davlat boshqaruv tizimlaridan birini yaratdi. Shu bois uning tajribasi urbanizatsiyalashayotgan boshqa mamlakatlar uchun qiziqarli, lekin tanqidiy baholashni ham talab qiladi. Xitoyning ekin yerlarini muhofaza qilish tizimi “qizil chiziq”: Xitoyda ekin yerlari umumiy maydoni 1,8 mlrd mu (taxminan 120 mln ga) dan kam bo‘lmasligi kerak bo‘lgan davlat chegarasi belgilangan va bu talab hukumat ish hisobotlarida muntazam takrorlanadi (2022-yil hukumat ish hisoboti)
dc.identifier.urihttps://dspace.kstu.uz/handle/123456789/4705
dc.language.isoother
dc.publisherRESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI MATERIALLARI TO‘PLAMI
dc.subjecturbanizatsiya
dc.subjectekin yerlari
dc.subjectdoimiy asosiy ekin yerlari
dc.subject“qizil chiziq”
dc.subjectyer olish–qoplash balansi
dc.subjectyer tuzish
dc.titleJADAL URBANIZATSIYA SHAROITIDA EKIN MAYDONLARINI SAQLASH MUAMMOLARI: XITOY TAJRIBASI

Files

Original bundle

Now showing 1 - 1 of 1
Loading...
Thumbnail Image
Name:
JADAL URBANIZATSIYA SHAROITIDA EKIN MAYDONLARINI.pdf
Size:
963.86 KB
Format:
Adobe Portable Document Format

License bundle

Now showing 1 - 1 of 1
Loading...
Thumbnail Image
Name:
license.txt
Size:
1.71 KB
Format:
Item-specific license agreed upon to submission
Description:

Collections