TRITIKALE DONINING XOSSALARI VA UNI NOVVOYLIK SANOATIDA QO‘LLASHNING HOZIRGI HOLATI HAMDA ISTIQBOLLARI
Loading...
Date
Journal Title
Journal ISSN
Volume Title
Publisher
JIZPI XABARNOMASI
Abstract
Mazkur tadqiqotning maqsadi – non mahsulotlari assortimentini kengaytirish uchun
mahalliy tritikale donidan olinadigan un navlarining texnologik xossalarini o‘rganishdir.
Tadqiqotda tritikale, bug‘doy va javdar donlarining kimyoviy tarkibi, unbopligi va texnologik
xususiyatlari qiyosiy tahlil qilinadi. Bu o‘rganish, donlarning qayta ishlanish jarayoniga ta’sirini,
xususan, oqsil va kleykovina miqdorini o‘rganish orqali un sifatini aniqlashga yordam beradi.
Tritikale doni qurg‘oqchilikka chidamli, kam yerda samarali o‘sadi, bu uni qayta ishlashda foydali
qiladi. Unning texnologik xossalari, ayniqsa, novvoylik mahsulotlarida qo‘llanilish
imkoniyatlarini kengaytirishga yordam beradi. Tritikale unining sifatini yaxshilashda uning
kimyoviy tarkibi, mineral moddalar va vitaminlar tarkibi ham muhim rol o‘ynaydi.