dc.description | So’nggi yillarda Qashqadaryo viloyatida sayyohlar oqimini
ko’paytirish va turizm infratuzilmasini takomillashtirishga qaratilgan muhim
islohotlar amalga oshirilib kelinmoqda. Mahalliy va xorijiy sayyohlarning mintaqada
yaratilgan sharoitlar haqidagi fikrlarini o’rganish, shuningdek, Qashqadaryo
viloyatida turizmni rivojlantirishdagi muammolarni aniqlash maqsadida turistik
oqimlarni o’rganish, hududlarda turistlarni sayyohlik obyektlariga tashrif buyurishini
tadqiq va tahlil qilish hamda turizmni rivojlanishiga to’sqinlik qilayotgan
kamchiliklarni aniqlash, tadqiqotning asosiy vazifalari sifatida belgilangan.
Sotsiologik so’rovlar orqali ayniqsa, aholining ijtimoiy demografik holatini
o’rganishda ko’p qo’llaniladi. Anketa so’rovlari ma’lum maqsaddan kelib chiqib, keng
qamrovli tuzilganligi tadqiqotni samarali o’tkazishda muhim ahamiyatga ega. Aholi turli
qatlamlarining dam olishga munosabati, talab va ehtiyojlarini keng o’rganish imkonini
beradi. Turistik xizmatlar turistlarning yashash tarzini, harakatlanishini ta’minlash,
turistlarning turistik obyektlarga bemalol kirishlari, turistik faoliyat jarayonida
turistlarning turar joyi, ovqatlanishi, madaniy, kommunal, aloqa va boshqa
ehtiyojlarini qondirishi nazarda tutiladi. Turizm va rekreatsiyani rivojlanishida,
hududning turistik-rekreatsion salohiyatini, infratuzilma tizimlarini shakllantirishda turlicha
omillar va shart-sharoitlarning ta’siri muhim hisoblanadi. Ular orasida tabiiy geografik,
ijtimoiy-iqtisodiy, demografik, tibbiy-biologik, etnik, ijtimoiy-psixologik va boshqa
omillar alohida o’rin tutadi.
ADABIYOTLAR TAHLILI Tog’ va cho’l landshaftla | en_US |