dc.contributor.author | Muradov Sirojiddin Husan O‘g‘li | |
dc.date.accessioned | 2025-10-18T04:53:22Z | |
dc.date.available | 2025-10-18T04:53:22Z | |
dc.date.issued | 2025 | |
dc.identifier.issn | 2181-4430 | |
dc.identifier.uri | https://dspace.kstu.uz/xmlui/handle/123456789/571 | |
dc.description.abstract | Ushbu maqolada xalqaro yuk tashish logistikasida raqamli
texnologiyalar, xususan Global Positioning System (GPS) texnologiyasining o‘rni va
ahamiyati tahlil qilinadi. Bugungi kunda xalqaro transport-logistika tizimida yillik
tashiladigan yuk hajmi milliardlab tonnaga yetib, uning muayyan qismi strategik
ahamiyatga ega mahsulotlar — energetika resurslari, farmatsevtika va oziq-ovqat
tovarlaridan iboratdir. Ularning aniq va o‘z vaqtida yetib borishi global iqtisodiyot
barqarorligi uchun muhim hisoblanadi. Shu nuqtai nazardan, GPS texnologiyasi yuk
tashish jarayonlarida monitoring, yo‘nalishlarni optimallashtirish, vaqtni qisqartirish
va xavfsizlikni ta’minlashda markaziy vosita sifatida ko‘rilmoqda.
Maqolada GPS texnologiyasining nazariy asoslari, amaliy qo‘llanilishi va
raqamli innovatsiyalar bilan integratsiyasi ilmiy adabiyotlar hamda xalqaro
kompaniyalar tajribasi asosida o‘rganildi. Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, GPS
asosidagi transport monitoringi yoqilg‘i sarfini 15–25% gacha kamaytirishi,
farmatsevtika yuklarida sifat buzilishini 95% hollarda oldini olishi aniqlangan.
Tadqiqotda qiyosiy, tahliliy va ilmiy-statistik metodlardan foydalanilgan bo‘lib,
GPSning nafaqat iqtisodiy samaradorlik, balki global logistika tizimida xavfsizlik va
barqarorlikni ta’minlashdagi strategik roli asoslab berildi. Maqola yakunida GPS
texnologiyasining xalqaro yuk tashishdagi muammolari va cheklovlari ko‘rsatilib,
ularni bartaraf etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqildi. | en_US |
dc.language.iso | other | en_US |
dc.publisher | “RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | en_US |
dc.subject | xalqaro logistika, GPS, raqamli texnologiyalar, transport monitoringi, yuk tashish, raqamli transformatsiya. | en_US |
dc.title | XALQARO YUK TASHISH LOGISTIKASIDA RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR VA GPS TEXNOLOGIYASINING ROLI XALQARO YUK TASHISH LOGISTIKASIDA RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR VA GPS TEXNOLOGIYASINING ROLI | en_US |
dc.type | Article | en_US |