Show simple item record

dc.contributor.authorMuradov Sirojiddin Husan o‘g‘li
dc.date.accessioned2025-10-17T09:37:36Z
dc.date.available2025-10-17T09:37:36Z
dc.date.issued2025
dc.identifier.issn2181-4430
dc.identifier.urihttps://dspace.kstu.uz/xmlui/handle/123456789/561
dc.description.abstractUshbu maqolada xalqaro yuk tashish logistikasida raqamli texnologiyalar, xususan Global Positioning System (GPS) texnologiyasining o‘rni va ahamiyati tahlil qilinadi. Bugungi kunda xalqaro transport-logistika tizimida yillik tashiladigan yuk hajmi milliardlab tonnaga yetib, uning muayyan qismi strategik ahamiyatga ega mahsulotlar — energetika resurslari, farmatsevtika va oziq-ovqat tovarlaridan iboratdir. Ularning aniq va o‘z vaqtida yetib borishi global iqtisodiyot barqarorligi uchun muhim hisoblanadi. Shu nuqtai nazardan, GPS texnologiyasi yuk tashish jarayonlarida monitoring, yo‘nalishlarni optimallashtirish, vaqtni qisqartirish va xavfsizlikni ta’minlashda markaziy vosita sifatida ko‘rilmoqda. Maqolada GPS texnologiyasining nazariy asoslari, amaliy qo‘llanilishi va raqamli innovatsiyalar bilan integratsiyasi ilmiy adabiyotlar hamda xalqaro kompaniyalar tajribasi asosida o‘rganildi. Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, GPS asosidagi transport monitoringi yoqilg‘i sarfini 15–25% gacha kamaytirishi, farmatsevtika yuklarida sifat buzilishini 95% hollarda oldini olishi aniqlangan. Tadqiqotda qiyosiy, tahliliy va ilmiy-statistik metodlardan foydalanilgan bo‘lib, GPSning nafaqat iqtisodiy samaradorlik, balki global logistika tizimida xavfsizlik va barqarorlikni ta’minlashdagi strategik roli asoslab berildi. Maqola yakunida GPS texnologiyasining xalqaro yuk tashishdagi muammolari va cheklovlari ko‘rsatilib, ularni bartaraf etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqildi.en_US
dc.language.isootheren_US
dc.publisher“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALIen_US
dc.subjectxalqaro logistika, GPS, raqamli texnologiyalar, transport monitoringi, yuk tashish, raqamli transformatsiya.en_US
dc.titleXALQARO YUK TASHISH LOGISTIKASIDA RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR VA GPS TEXNOLOGIYASINING ROLIen_US
dc.typeArticleen_US


Files in this item

Thumbnail

This item appears in the following Collection(s)

Show simple item record