dc.contributor.author | Jumayeva Gulrux Jo‘raqulovna | |
dc.contributor.author | Abduxalimova Marjona Xikmatovna | |
dc.date.accessioned | 2025-09-22T09:57:01Z | |
dc.date.available | 2025-09-22T09:57:01Z | |
dc.date.issued | 2025-04-01 | |
dc.identifier.uri | https://dspace.kstu.uz/xmlui/handle/123456789/260 | |
dc.description | Tijorat banklari bugungi zamonaviy iqtisodiyotda nihoyatda muhim o‘rin egallaydi. Ular moliyaviy
tizimning eng asosiy ustunlaridan biri sifatida nafaqat oddiy aholiga, balki yirik va kichik korxonalarga ham
zarur pul mablag’larini yetkazib beradi. Shu bilan birga, ular butun mamlakat iqtisodiyotining barqaror va
izchil rivojlanishida faol ishtirok etadi. Banklarning kredit faoliyati esa ayniqsa katta ahamiyatga ega bo‘lib,
iqtisodiyotni qo‘llab-quvvatlash va yangi imkoniyatlarni yaratishda asosiy vosita hisoblanadi. Kredit orqali
banklar iqtisodiyotning turli tarmoqlariga sarmoya kiritib, yangi loyihalar va bizneslarni rivojlantirishga yordam
beradi, shu bilan birga ko‘plab yangi ish o‘rinlarining ochilishiga ham hissa qo‘shadi. Shunday ekan, tijorat
banklarining kredit siyosati – ya’ni kredit berish jarayonida amal qilinadigan qoidalar, tamoyillar va prinsiplar
majmuasi – bank faoliyatining eng asosiy va muhim qismlaridan biridir. | en_US |
dc.description.abstract | Ushbu maqolada tijorat banklarining kredit siyosati va uning kredit portfeli sifatiga ta’siri
chuqur tahlil qilingan. Kredit siyosati bank faoliyatining markaziy yo‘nalishlaridan biri bo‘lib, u kredit risklarini
boshqarish, mijozlarni saralash, foiz stavkalarini belgilash, garov tizimini shakllantirish hamda kreditlarni
monitoring qilish jarayonlarini o‘z ichiga oladi. Muallif tijorat banklarining iqtisodiy o‘sishga ko‘rsatadigan ijobiy
ta’sirini alohida ta’kidlab, kredit siyosatining puxta va oqilona tashkil etilishi bankning moliyaviy barqarorligi va
kredit portfeli sifatiga bevosita ta’sir qilishini asoslab bergan. Maqolada bank kredit siyosatini shakllantiruvchi
omillar (makroiqtisodiy, hududiy va ichki bank omillari), kredit turlari, kredit berish bosqichlari va ularning
tartibga soluvchi ko‘rsatkichlari hamda shartnoma asosida olib boriladigan zamonaviy kreditlash tizimi
yoritilgan. Tadqiqotda tahlil, taqqoslash, guruhlash va sintez metodlaridan foydalanilgan. | en_US |
dc.language.iso | other | en_US |
dc.publisher | muhandislik & iqtisodiyot ijtimoiy-iqtisodiy, innovatsion texnik, fan va ta’limga oid ilmiy-amaliy jurnal | en_US |
dc.subject | kredit, tijorat bank, kredit siyosati, kredit portfeli, bank aktivlari, xalqaro reyting, bank kapitallashuvi | en_US |
dc.title | TIROJAT BANKLARNING KREDIT SIYOSATI: OMILLAR, SIYOSIY ELEMENT VA TURLAR | en_US |
dc.type | Article | en_US |