Show simple item record

dc.contributor.authorUzakov Gulom Norboyevich
dc.contributor.authorDavlonov Xayrulla Allamurotovich
dc.contributor.authorToshmamatov Bobir Mansurovich
dc.date.accessioned2025-09-20T04:37:21Z
dc.date.available2025-09-20T04:37:21Z
dc.date.issued2025-05-15
dc.identifier.citation.N. Uzakov, X.A. Davlonov, B.M. Toshmamatov. OʻZBEKISTONDA QAYTA TIKLANUVCHAN ENERGIYA MANBALARI ASOSIDAGI GIBRID ISSIQLIK TAʼMINOTI TIZIMLARIDAN FOYDALANISH ISTIQBOLLARI. «ПРОБЛЕМЫ ЭНЕРГО- И РЕСУРСОСБЕРЕЖЕНИЯ» СПЕЦИАЛЬНЫЙ ВЫПУСК (№88) - 2025 г.en_US
dc.identifier.issn2091-5985
dc.identifier.urihttps://dspace.kstu.uz/xmlui/handle/123456789/231
dc.description.abstractHozirgi vaqtda an’anaviy issiqlik ta’minoti tizimlarining energiya samaradorligi pastligi, ekologik barqarorlikning yomonlashishi va an’anaviy yoqilg‘i-energetika zahiralarining kamayishi sababli an’anaviy isitish tizimiga muqobil bo‘lgan gibrid issiqlik ta’minoti (GIT) tizimlarini rivojlantirish zarurati paydo bo‘lmoqda. Qayta tiklanadigan energiya manbalaridan (QTEM) foydalangan holda qishloq namunaviy uylari uchun gibrid issiqlik ta’minoti tizimlaridan foydalanish an’anaviy energiya resurslarini tejash va atrofmuhitga zararli chiqindilarni kamaytirish imkonini beradi. Ushbu tadqiqot ishida an’anaviy isitish qozoni, QTEM va issiqlik nasosli qurilma (INQ) asosidagi qishloq namunaviy uylarining gibrid issiiqlik ta’minoti tizimi taklif qilingan va uning energiya samaradorligi asoslangan. An’anaviy qozon qurilmali (QQ) isitish tizimi, qayta tiklanadigan energiya manbalari qurilmalari (issiqlik nasosli qurilma va quyosh kollektori) ning kombinatsiyasidan iborat bo‘lgan qishloq namunaviy uylarining avtonom gibrid issiqlik ta‘minoti tizimining energiya samaradorligini asoslashdan iborat. Tadqiqot ishida qishloq namunaviy uylarini qayta tiklanadigan energiya manbalari qurilmalari va issiqlik nasosi asosidagi avtonom gibrid issiqlik taʼminotiga oʻtkazish usuli taklif qilingan boʻlib, termodinamik tahlil, issiqlik texnikasining nazariy asoslari, issiqlik uzatish jarayonlarini tajribaviy tadqiqot qilish va tajribaviy tadqiqot natijalarni umumlashtirish usullaridan foydalanilgan. Taklif qilingan qishloq namunaviy uylarining avtonom gibrid issiqlik taʼminoti tizimi (1 va 2-rasmlar) quyosh nurlanish energiyasi, atrof-muhit harorati va energiya isteʼmolchisining parametrlari oʻzgaruvchanligi sharoitida namunaviy uyning isitish, issiq suv taʼminoti va elektr taʼminoti tizimlarining ishonchli ishlashini taʼminlaydi. Qashqadaryo viloyatida qurilgan qishloq namunaviy uylarining termodinamik hisobi natijalariga ko‘ra, 144 m² isitish maydoniga ega qishloq namunaviy uyi isitish tizimining o‘rtacha issiqlik yuklamasi 13,8÷14,0 kVt, issiq suv ta’minoti tizimi esa 1,3÷1,5 kVtni tashkil qilishi aniqlanganen_US
dc.language.isootheren_US
dc.relation.ispartofseries88;
dc.subjectqishloq namunaviy uyi, qayta tiklanadigan energiya manbalari asosidagi gibrid issiqlik ta’minoti tizimi, issiqlik nasosli qurilma, quyosh kollektori, energiya samaradorlik.en_US
dc.titleOʻZBEKISTONDA QAYTA TIKLANUVCHAN ENERGIYA MANBALARI ASOSIDAGI GIBRID ISSIQLIK TAʼMINOTI TIZIMLARIDAN FOYDALANISH ISTIQBOLLARIen_US
dc.typeArticleen_US


Files in this item

Thumbnail

This item appears in the following Collection(s)

Show simple item record