Show simple item record

dc.contributor.authorRaxmatov Obid Ibod o‘g‘li
dc.date.accessioned2025-09-15T10:09:01Z
dc.date.available2025-09-15T10:09:01Z
dc.date.issued2025-03-27
dc.identifier.citationRakhmatov O.I. Solar heat pump system for power supply of autonomous greenhouses. Alternative energy. 2025. 1(16). pp. 31-39.en_US
dc.identifier.issn2181-2284
dc.identifier.urihttps://dspace.kstu.uz/xmlui/handle/123456789/190
dc.description.abstractKirish. Jahonda kontinental o‘zgaruvchan iqlim sharoitlarida zamonaviy issiqxonalarni energiya samaradorligini oshirishda qayta tiklanadigan energiya manbalari qurilmalari asosidagi avtonom energiya taʼminoti tizimini ishlab chiqishga yoʻnaltirilgan ilmiytadqiqot ishlari olib borilmoqda. Ushbu yoʻnalishda, jumladan, issiqxonalar joylashgan hudud iqlim sharoitidan kelib chiqib issiqxonalarning maqbul konstruksiyasi va oriyentatsiyasini aniqlash matematik modellarini va energiya balans tenglamalarini ishlab chiqish, issiqxonalarda quyosh qurilmalari asosidagi energiya taʼminoti tizimlarining samaradorligini oshirish va tadqiq qilish boʻyicha olib borilayotgan ilmiy izlanishlar ustuvor hisoblanadi. Usul va materiallar. Avtonom issiqxona ichki havo harorati bir nechta tashqi va ichki faktorlarga bogʻliq oʻzgaruvchandir. Bu omillar issiqxona devorlari va shifti orqali tushuvchi quyosh nurlanishi miqdori, tabiiy yoqilgʻi va elektr energiyasida ishlaydigan issiqlik manbai, yoritish chiroqlari, tabiiy ventilyatsiya va havoning infiltratsiyasi miqdori, konstruktiv issiqlik yoʻqotish miqdori, tuproq orqali yoʻqotiladigan issiqlik miqdori, oʻsimliklar isteʼmol qiladigan issiqlik miqdorlariga bogʻliq. Natijalar. Qarshi shahrida joylashgan foydali yuzasi 50 m2 boʻlgan ikki qiya konstruksiyali issiqxonaning 2023-yil 15-noyabrdan 2024-yil 15-martga qadar boʻlgan davrda issiqlik yuklamasi atrof-muhit harorati, quyosh radiatsiyasi va issiqxonada issiqlik yoʻqotishlarni inobatga olib aniqlanadi. Natijalarga koʻra, ushbu mavsumda issiqxona 14800 kWh issiqlik energiyasi isteʼmol qilishi tadqiq qilindi. Bunda 11160 kWh issiqlik energiyasi issiqlik nasosi, 3160 kWh quyosh issiqlik kollektori, 400 kWh issiqlik qozonidan va qolgani quyosh nurlanishi orqali taʼminlandi. Xulosa. Issiqxonani isitish mavsumi davomida anʼanaviy isitish qurilmalari uchun sarf boʻladigan tabiiy gaz 1835 m3 va shartli yoqilgʻi 2260 t.sh.yo tejalishiga, ushbu tabiiy gaz yonganda atrof-muhitga ajraladigan 3395 kg CO2 kamaytirishga erishildi. Issiqxona energiya taʼminoti tizimining iqtisodiy samaradorlik koʻrsatgichlari baholandi. Bunga koʻra sof joriy qiymat 138.7 mln. soʻm, foydaning ichki meʼyori 10%, foyda indeksi 2,03 va qoplash muddati 6,4 yilni tashkil qilishi aniqlandi.en_US
dc.language.isootheren_US
dc.publisherMuqobil energetika, Intellekt nashriyotien_US
dc.relation.ispartofseries01(16)2025;
dc.subjectavtonom issiqxona, atrof-muhit harorati, quyosh radiatsiyasi, quyosh issiqlik kollektori, issiqlik nasosi, modellashtirish, issiqlik balansi, muvofiqlik testlari.en_US
dc.titleQUYOSH QURILMALI VA ISSIQLIK NASOSLI AVTONOM ISSIQXONANI ISSIQLIK BALANSINI TADQIQ QILISHen_US
dc.title.alternativeИССЛЕДОВАНИЕ ТЕПЛОВОГО БАЛАНСА АВТОНОМНОЙ ТЕПЛИЦЫ С СОЛНЕЧНО-ТЕПЛОНАСОСНЫМИ УСТАНОВКАМИen_US
dc.title.alternativeSOLAR HEAT PUMP SYSTEM FOR POWER SUPPLY OF AUTONOMOUS GREENHOUSESen_US
dc.typeArticleen_US


Files in this item

Thumbnail

This item appears in the following Collection(s)

Show simple item record