dc.contributor.author | Uzakov Gulom Norboyevich | |
dc.contributor.author | Davlonov Xayrulla Allamurotovich | |
dc.contributor.author | Toshmamatov Bobir Mansurovich | |
dc.date.accessioned | 2025-09-15T10:08:49Z | |
dc.date.available | 2025-09-15T10:08:49Z | |
dc.date.issued | 2025-03-25 | |
dc.identifier.issn | 2091-5985 | |
dc.identifier.uri | https://dspace.kstu.uz/xmlui/handle/123456789/188 | |
dc.description.abstract | Hozirgi vaqtda an’anaviy issiqlik ta’minoti tizimlarining energiya samaradorligi
pastligi, ekologik barqarorlikning yomonlashishi va an’anaviy yoqilg‘i-energetika
zahiralarining kamayishi sababli an’anaviy isitish tizimiga muqobil bo‘lgan gibrid issiqlik
ta’minoti (GIT) tizimlarini rivojlantirish zarurati paydo bo‘lmoqda. Qayta tiklanadigan
energiya manbalaridan (QTEM) foydalangan holda qishloq namunaviy uylari uchun gibrid
issiqlik ta’minoti tizimlaridan foydalanish an’anaviy energiya resurslarini tejash va atrofmuhitga zararli chiqindilarni kamaytirish imkonini beradi. Ushbu tadqiqot ishida
an’anaviy isitish qozoni, QTEM va issiqlik nasosli qurilma (INQ) asosidagi qishloq
namunaviy uylarining gibrid issiiqlik ta’minoti tizimi taklif qilingan va uning energiya
samaradorligi asoslangan. An’anaviy qozon qurilmali (QQ) isitish tizimi, qayta
tiklanadigan energiya manbalari qurilmalari (issiqlik nasosli qurilma va quyosh kollektori)
ning kombinatsiyasidan iborat bo‘lgan qishloq namunaviy uylarining avtonom gibrid
issiqlik ta‘minoti tizimining energiya samaradorligini asoslashdan iborat. Tadqiqot ishida
qishloq namunaviy uylarini qayta tiklanadigan energiya manbalari qurilmalari va issiqlik
nasosi asosidagi avtonom gibrid issiqlik taʼminotiga oʻtkazish usuli taklif qilingan boʻlib,
termodinamik tahlil, issiqlik texnikasining nazariy asoslari, issiqlik uzatish jarayonlarini
tajribaviy tadqiqot qilish va tajribaviy tadqiqot natijalarni umumlashtirish usullaridan
foydalanilgan. Taklif qilingan qishloq namunaviy uylarining avtonom gibrid issiqlik
taʼminoti tizimi (1 va 2-rasmlar) quyosh nurlanish energiyasi, atrof-muhit harorati va
energiya isteʼmolchisining parametrlari oʻzgaruvchanligi sharoitida namunaviy uyning
isitish, issiq suv taʼminoti va elektr taʼminoti tizimlarining ishonchli ishlashini taʼminlaydi.
Qashqadaryo viloyatida qurilgan qishloq namunaviy uylarining termodinamik hisobi
natijalariga ko‘ra, 144 m² isitish maydoniga ega qishloq namunaviy uyi isitish tizimining
o‘rtacha issiqlik yuklamasi 13,8÷14,0 kVt, issiq suv ta’minoti tizimi esa 1,3÷1,5 kVtni
tashkil qilishi aniqlangan | en_US |
dc.language.iso | other | en_US |
dc.relation.ispartofseries | 88; | |
dc.subject | qishloq namunaviy uyi, qayta tiklanadigan energiya manbalari asosidagi gibrid issiqlik ta’minoti tizimi, issiqlik nasosli qurilma, quyosh kollektori, energiya samaradorlik. | en_US |
dc.title | OʻZBEKISTONDA QAYTA TIKLANUVCHAN ENERGIYA MANBALARI ASOSIDAGI GIBRID ISSIQLIK TAʼMINOTI TIZIMLARIDAN FOYDALANISH ISTIQBOLLARI | en_US |
dc.type | Article | en_US |