PAST HARORATLI MANBA ASOSIDAGI “SUV-SUVLI” ISSIQLIK NASOSINING ENERGIYA SAMARADORLIGINI TADQIQ QILISH
View/ Open
Date
2024-09-12Author
Uzoqov G‘ulom Norboyevich
Elmurodov Nuriddin Sayitmurodovich
Raxmanqulov Aliqul Amirovich
Metadata
Show full item recordAbstract
Kirish. Bugungi kunda issiqlik nasoslarini issiqlik taminoti tizimlariga joriy etish tendensiyalari o‘sib bormoqda. Issiqlik nasoslarida past patensialli issiqlikni manba sifatida ishlatish mumkinligi tufayli, u yuqori energiya samaradorligiga ega. Shuning uchun past haroratli issiqlik manbalarida issiqlik nasosining ishlash samaradorligini hisoblash, O‘zbekistoning Qarshi shahri hududlarida isitish tizimlariga issiqlik nasosini joriy etishning maqsadga muvofiqligini baholashda muhim masala hisoblanadi.
Usul va materiallar. Ushbu maqolada tajriba bug‘ kompressorli issiqlik nasosining to‘rtta 5 oC, 10oC, 15oC, va 20oC past haroratli issiqlik manbaida ishlaganda energiya samaradorligini aniqlash yo‘llari va energiya samaradorligini oshirish uchun berilgan sxemadan foydalanish taklif etiladi. Ishchi suyuqlik sifatida azon uchun xavfsiz bo‘lgan R134a freon tanlangan.
Natijalar. Tadqiqotlar davomida past haroratli manbaning turli haroratlarida issiqlik nasosining energiya o‘zgartirish koeffitsienti qiymati 2,1 dan 3,5 gacha o‘zgarganligi aniqlandi. Shuningdek, 3,5 ga teng enegiya o‘zgartirish koeffitsientiga 20oC harorali issiqlik manbadan foydalanilganda erishildi. Issiqlik nasosining bug‘latkichida past haroratli manba suvining harorati 2oC dan 20oC oralig‘ida o‘zgarganligi tajriba o‘lchov natijalari asosida aniqlandi. Kondensatordagi istemolchiga beriladigan suvning harorati esa 15oC dan 53,5oC haroratgacha ko‘tarildi.
Xulosa. Olib borilgan tajriba natijalari asosida Qarshi shahri sharoitida past haroratli manbaning turli haroratlarida issiqlik nasosining energiya o‘zgartirish koeffitsienti qiymati 2 dan katta bo‘lganligi uchun issiqlik nasosini issiqlik ta’minoti tizimlarida qo‘llash samarali yechim ekanligini ko‘rsatadi.