Ibragimov Umidjon XikmatullayevichErgashev Shahriyor HamidullayevichBotirov Akbar Sodiq о‘g‘li2025-09-152025-09-152025-03-27Ibragimov U.X., Ergashev Sh.H., Botirov A.S. Mathematical modeling of the energy balance of a direct evaporative air cooling system. Alternative energy. 2025. 1(16). pp. 83-93.2181-2284https://dspace.kstu.uz/xmlui/handle/123456789/192Kirish. Hozirgi vaqtda dunyo bo‘yicha energiya isteʼmolining 20% qismi binolarda havoni maromlashda foydalaniladigan maishiy maromlagichlar hissasiga toʻgʻri keladi va ularning o‘rnatilgan quvvati 1220 𝑇𝑉𝑡𝑠𝑜𝑎𝑡/𝑦𝑖𝑙 ni tashkil etadi. Maishiy maromlagichlardan foydalanish surʼati shunday davom etsa, 2050 yilga borib elektr energiya isteʼmoli 1940 𝑇𝑉𝑡𝑠𝑜𝑎𝑡/𝑦𝑖𝑙 (31,8%) gacha ortadi Demak, binolarda havoni sovitish va namlantirish tizimlarida solishtirma energiya isteʼmolini kamaytirishda anʼanaviy maromlagichlarning o‘rnini bosuvchi bugʻlatishli sovitish qurilmalaridan foydalanish eng maqbul yechim hisoblanadi. Usul va materiallar. Binolarda havoni sovitish va namlantirish uchun taklif etilayotgan bugʻlatishli sovitish qurilmalarining energetik samaradorligini baholashda bugʻlatishli sovitish qurilmasining prinsipial sxemasi va bugʻlatishli sovitish qurilmasida issiqlik va massa almashinuv jarayonlarini nazariy tadqiqot qilish imkonini beradigan energiya balansi tenglamalari asosidagi matematik model ishlab chiqildi va sonli tadqiqot qilindi. Natijalar. Sonli tadqiqot asosida havoning kirishdagi nisbiy namligi 30 dan 75% gacha ortganda, namlanuvchanligi 370, 475 va 630 𝑚ଶ/𝑚ଷ bo‘lgan nasadka uchun haroratlar farqi mos ravishda 92,31%, 84,22% va 76,39% ga, namliklar farqi 61,54%, 62,77% va 67,07% ga, toʻyinganlik samaradorligi 77,21%, 47,48% va 24,31% ga kamayishi, shuningdek, quruq iqlim sharoitida havoning kirishdagi harorati eng past bo‘lganda bugʻlatishli sovitish qurilmasining unumdorligi eng yuqori bo‘lishi aniqlandi. Xulosa. Binolarda havoni sovitish va namlantirish uchun taklif etilgan bugʻlatishli sovitish tizimini joriy etish orqali binolarda havoni sovitish va namlantirish tizimlariga solishtirma energiya sarfi sezilarli kamayadi, ichki havoning doimiy yangilanib turishi hisobiga bino ichida qulay iqim sharoiti ta’minlanadi.otherbino, bugʻlatishli sovitish, nasadka, nam havo, tashqi havo, nisbiy namlik, tо‘yinish samaradorligiHAVONI BEVOSITA BUG‘LATISHLI SOVITISH TIZIMINING ENERGIYA BALANSINI MATEMATIK MODELLASHTIRISHМАТЕМАТИЧЕСКОЕ МОДЕЛИРОВАНИЕ ЭНЕРГЕТИЧЕСКОГО БАЛАНСА СИСТЕМЫ ПРЯМОГО ИСПАРИТЕЛЬНОГО ОХЛАЖДЕНИЯ ВОЗДУХАMATHEMATICAL MODELING OF THE ENERGY BALANCE OF A DIRECT EVAPORATIVE AIR COOLING SYSTEMArticle