Q, Sohibjon2025-11-242025-11-242025-10-15https://dspace.kstu.uz/xmlui/handle/123456789/3308Ushbu maqolada yashil iqtisodiyot tamoyillari doirasida qishloq xo‘jalik ekinlarini asalarilar yordamida changlatishning ekologik va iqtisodiy ahamiyati ilmiy asosda yoritilgan. Asalarilarning changlatish faoliyati nafaqat hosildorlikni 25–60 foizgacha oshirishi, balki pestitsid va kimyoviy o‘g‘itlardan foydalanishni kamaytirib, tuproq unumdorligini saqlash, biologik xilma-xillikni qo‘llab-quvvatlash orqali agroekotizim barqarorligini mustahkamlashini ko‘rsatadi. Maqolada O‘zbekiston sharoitida asalarichilik tarmog‘ini qishloq xo‘jaligi tizimiga integratsiyalash, ekinlarni samarali changlatish orqali eksportbop ekologik toza mahsulotlar ishlab chiqarish imkoniyatlari tahlil qilingan. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, mamlakatdagi mavjud 143 mingta asalari oilasi 3 million gektardan ortiq ekin maydonini to‘liq changlatish uchun yetarli emasligi aniqlangan bo‘lib, qo‘shimcha 1,5–2 million asalari oilasi tashkil etish zarurligi asoslangan. Shuningdek, maqolada asalarilarni o‘simliklarga o‘rgatish, ularni joylashtirish va changlatish samaradorligini oshirishning ilmiy-uslubiy yondashuvlari keltirilgan. Natijalar yashil iqtisodiyot tamoyillarini amalga oshirishda asalarichilikning muhim o‘rni borligini, uning iqtisodiy, ekologik va ijtimoiy barqarorlikni ta’minlashdagi o‘rni beqiyos ekanini ko‘rsatadi.otherasalarilar, changlatish, yashil iqtisodiyot, qishloq xo‘jaligi, hosildorlik, ekologik barqarorlik, agroekotizim, resurslardan samarali foydalanish.YASHIL IQTISODIYOT SHAROITIDA QISHLOQ XO‘JALIK EKINLARINI ASALARILAR YORDAMIDA CHANGLATISHNING AHAMIYATIArticle