Norqulova Gulshoda Samandar qizi2026-10-082026-10-082025-04-18https://dspace.kstu.uz/handle/123456789/4701O‘tkazilgan tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, Qashqadaryo viloyati yer fondi hududning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishida muhim ahamiyatga ega bo‘lgan strategik tabiiy resurs hisoblanadi. Viloyat hududida yer fondining tarkibi turli yer toifalari va yer turlaridan iborat bo‘lib, ularning har biri hudud iqtisodiyotining turli sohalarini rivojlantirishda muhim rol o‘ynaydi. Yer fondining to‘g‘ri taqsimlanishi, undan samarali foydalanish hamda uni muhofaza qilish masalalari hududning barqaror rivojlanishini ta’minlashda muhim omillardan biri hisoblanadi.Mazkur maqolada Qashqadaryo viloyati yer fondining tarkibi, uning yer toifalari va yer turlari bo‘yicha taqsimlanishi hamda ulardan foydalanish holati tahlil qilingan. Tadqiqot davomida viloyat hududida mavjud qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar, aholi punktlari yerlari, sanoat va transport infratuzilmasi yerlari, o‘rmon va suv fondi yerlari hamda zaxira yerlarning hududiy ulushi o‘rganilganotheryer fondiyer resurslariyer toifalariyer turlariqishloq xo‘jaligi yerlarisug‘oriladigan yerlarlalmi yerlaryaylovlaryer resurslarini boshqarish.QASHQADARYO VILOYATI YER FONDINING YER TOIFALARI VA TURLARI BO‘YICHA TAHLILI