Xujakeldiyev Komil NosirovichNosirov Jahongir Komil o'g'li.2025-12-022025-12-022023-03-15https://dspace.kstu.uz/xmlui/handle/123456789/4195Shuningdek, odatda ekinlar dala bo‗ylab bir tekis o‗smaydi va natijada hosildorlik bir joydan boshqa joyga farq qiladi. Ekinlarning o‗sishidagi bu farq tuproq tarkibidagi ozuqalarning yetishmasligi yoki boshqa omillar sababli sodir bo‗lishi mumkin. Masofadan zondlash fermerlarga daladagi ekinlarda yuz berayotgan muammolarni aniqlash va bu ekinlarni kerakli ozuqalar, pestitsid va gerbitsid bilan ta‘minlash imkoniyatini yaratadi. Bu usul bilan fermer nafaqat yerning hosildorligini oshiradi balki moliyaviy tejamkorlikka erishadi va atrof muhitga bo‗lgan ta‘sirni kamaytiradi. Masofadan zondlash orqali bir dalada joylashgan ekinlardagi o‗zgaruvchan o‗sishni ham kuzatish mumkin. Sog‗lom ekin maydonlar bir xil yorug‗ rangda ko‗rinadi, zararlangan ekinlar esa sog‗lom ekinlarga nisbatan qoramtirroq rangda ko‗rinadi. Agar ma‘lumot geobog‗lansa va bizda GPS asbobi bo‗lsa, biz mahalliy koordinata bilan tasvir koordinatasini moslashtirib muammo bor joyni juda tez aniqlashimiz mumkin.Maqolada masofadan zondlash orqali turli kartalarni tuzishda kosmik suratlar, ma‘lum bir hududning mavzuli kartasini tuzish zarur bо‗lganda, qisqa vaqt ichida masofadan zondlashdan olingan signallardan yetarlicha ma‘lumot olish mumkin. Bu esa karta tuzishni tezlashtirish bilan birga aniqlikni ham oshiradi. Masofadan zondlash texnologiyalaridan foydalanib qishloq xо‗jaligi ekin turlarini kartalashtirishda foydalanish orqali karta tuzish ishlari ancha yengillashadi.otherkarta, masofodan zondlash, elektron karta, monitoring, GPS asbobi, sensor, GAT, aerosurat, aerofotosyomkaMASOFADAN ZONDLASH TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANIB QISHLOQ XО‗JALIGI EKIN TURLARINI KARTALASHTIRISHDA FOYDALANISH.SUV RESURSLARI VA GIDROTEXNIKA INSHOOTLARIDAGI MUAMMOLAR VA ULARNING YECHIMLARI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANIArticle