Ochilov, YunusOchilovichBobojanov, M.KSaparov, A.XImomov, D.D2025-11-172025-11-172025-03-042181-1946https://dspace.kstu.uz/xmlui/handle/123456789/2112Maishiy iste’molchilarni differensiallashgan tariflar tizimiga o‘tkazish zamonaviy energetika siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Mazkur maqolada O‘zbekiston energetika tizimida yuklamadagi mavsimiy va sutkalik o‘zgarishlarni hisobga olgan holda, maishiy iste’molchilar uchun vaqtga bog‘liq tariflash mexanizmlarini joriy etishning ilmiy-amaliy asoslari tahlil qilingan. Tadqiqot doirasida elektr energiyasi iste’molining kunlik profillari o‘rganilgan, «tig‘iz», «kunduzgi» va «tungi» soatlar aniqlangan, va shu asosda ratsional tarif zonalashtirish taklif etilgan. Metodologiya sifatida statistik tahlil, modellashtirish va ssenariylar asosida prognoz qilish usullaridan foydalanilgan. Shuningdek, aqlli hisoblagichlar orqali real vaqtda ma’lumot to‘plash va monitoring qilishning samaradorligi ko‘rsatilgan. Maqolada tarif tizimini joriy etish jarayonida iste’molchilarda rag‘batlantirish va xabardorlikni oshirish orqali ijobiy o‘zgarishlarga erishish mumkinligi ta’kidlangan. Ushbu metodika nafaqat energetik tizim barqarorligini oshirish, balki iqtisodiy va ekologik samaradorlikka erishishda ham muhim ahamiyat kasb etadiotherdifferensiallashgan tariflar, maishiy iste’molchilar, tarif zonalari, aqlli hisoblagichlar, energiya samaradorligi, yuklama optimallashuvi, tarif siyosati.MAISHIY ISTE’MOLCHILARNI DIFFERENSIALLASHGAN TARIFLAR TIZIMIGA O‘TKAZISH ORQALI ENERGETIK SAMARADORLIKNI OSHIRISH METODIKASI: NAZARIYA VA ILMIY TAHLILArticle