Urinov Jamol ChorshanbiyevichIshmurodova Sojida Shuhratovna2025-11-242025-11-242025-09-29https://dspace.kstu.uz/xmlui/handle/123456789/3329. Hindiston tajribasi sho‘rlangan va ishqorlangan yerlarni melioratsiya qilishda muvaffaqiyatli bo‘lish uchun integral yondashuv zarurligini ko‘rsatadi. Drenaj tizimlari, ximik melioratsiya (gips qo‘llash), organik moddalarni qo‘llash va agronomik usullarning uyg‘unligi yerlarni qayta tiklashda hal qiluvchi omil hisoblanadi. Ilmiy-tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, bu usullar orqali yerdagi tuz va natriy miqdorini sezilarli darajada kamaytirish, tuproq fizik-biologik holatini yaxshilash, shu bilan birga hosildorlikni oshirish mumkin. Shu bilan birga, zamonaviy sensor texnologiyalari va monitoring usullari melioratsiya jarayonini samarali boshqarish imkonini beradi. Xitoyda sho‘rlangan va ishqorlangan yerlarni melioratsiya qilish bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar muhim ilmiy yo‘nalish bo‘lib, bu sohadagi olimlar tuproqning fizik va ximyoviy xossalarini yaxshilash, sho‘rlikka chidamli ekinlarni yaratish va zamonaviy texnologiyalardan foydalanish yo‘nalishida ko‘plab natijalarga erishdilar. Ushbu tadqiqotlar natijasida tuproqning tuz miqdori va ishqor darajasini kamaytirish, sho‘rlanishni monitoring qilish va erkin boshqarish, shuningdek hosildorlikni sezilarli darajada oshirish imkoniyati yaratildi.Mazkur maqolada dunyoning turli mintaqalarida - jumladan, Misr, Avstraliya, Iroq, AQSh (Kaliforniya), Chili, Hindiston va Xitoyda sho‘rlangan qishloq xo‘jaligi yerlarni tiklash, melioratsiya qilish, irrigatsiya tizimlarini modernizatsiya qilish, suv resurslarini samarali boshqarish bo‘yicha olib borilgan ilmiy tadqiqotlar, ularning natijalari va ilg‘or amaliyotlar tahlil qilingan. Har bir mintaqadagi olimlar tomonidan qo‘llanilgan drenaj, irrigatsiya, desalinizatsiya, ximik va biologik vositalar, ekologik monitoring, agrotexnik va texnologik yondashuvlar qiyosiy tahlil qilinganotherSho‘rlangan yerlar, melioratsiya, irrigatsiya tizimi, drenaj texnologiyasi, suvni qayta ishlash, ekologik monitoring, GIS texnologiyalari, sho‘rlikka chidamli ekinlar.SHO‘RLANGAN YERLARDAN FOYDALANISHNING JAHON TAJRIBASIABIIY RESURSLARDAN SAMARALI FOYDALANISHDA AGROEKOTIZIMLAR BARQARORLIGINING DOLZARB MUAMMOLARIArticle