Abduazimov Akbar Mukhtorovich, qishloq xo‘jaligi fanlari bo‘yicha falsafa doktori, professor Vafoyeva Mavluda Bobomurodovna, qishloq xo‘jaligi fanlari bo‘yicha falsafa doktori2025-12-012025-12-0120242181-1903https://dspace.kstu.uz/xmlui/handle/123456789/4072Ishlab chiqarish tajriba doirasida kuzgi bug‘doyni an’anaviy agrotexnologiya (nazorat) qoidalariga amal qilgan holda yetishtirish jarayonida barcha ko‘rsatkichlar bo‘yicha olingan natijalar ildizdan tashqari qo‘shimcha oziqlantirish qo‘llanilgan variantlar natijasi bilan taqqoslanganda, mineral o‘g‘itlarni tejovchi agrofon sharoitida ildizdan tashqari qo‘shimcha oziqlantirish qo‘llanilgan variant natijalari nazorat variant natijalariga nisbatan ustunligi o‘z isbotini topdi. Kuzgi bug‘doy yetishtirishda mineral o‘g‘itlar me’yorini N90P45K30 kg/ga hisobida, turli komponentli makro va mikro o‘g‘itli suspenziya bilan ildizdan tashqari kuzgi tuplanish fazasida (IfoPZN+Ankasuper), bayroq barg chiqarish davrida (IfoCombi-Fe+Ento Gumin+IfoUAN-32), boshoqlashdan keyin (IfoKalifos+Ankasuper) oziqlantirish texnologiyasini ishlab chiqarish sharoitida qo‘llash natijasida don tarkibidagi oqsil va kleykovina miqdori sezilarli darajada oshdi. Hosildorlik an’anaviy texnologiyaga nisbatan 57,6-65,1 s/ga oshgan va gektaridan 3493,8- 4276,7 ming so‘mgacha shartli sof foyda olinib, rentabellik darajasi (54,0-64,2%) o‘sishiga erishildi.Qishloq xo‘jaligi ekinlarining faol rivojlanishi va yuqori hosil berishi uchun maqbul shart-sharoit yaratilishi lozimdir. Biroq hamma vaqt ham o‘simlikka vegetatsiya davrida talab darajasida oziqa moddalar bilan ta’minlashmasalasidolzarbligichaqolmoqda.Ushbuvaziyatlardamuqobilyechimsifatidaildizdantashqariqo‘shimcha oziqlantirishniqo‘llashsamaralitabdirhisoblanadi.Ildizdantashqariqo‘shimchaoziqlantirishnivegetatsiyaningistalgan davrida qo‘llash mumkin, asosiysi, kerakli miqdorda ozuqaviy moddalar bilan suspenziyani tayyorlash talab qilinadi. Dunyobo‘ylabg‘allahosiliyuqoribo‘lganfermerxo‘jaliklaritajribasishuniko‘rsatadiki,buboradagimuvafaqiyatlarning eng muhim omili va kaliti ekin yetishtirishga to‘g‘ri va malakali yondashishdir. Amaldagi resurs tejovchi texnologiyalar ekinlardan yuqori hosil olishni ta’minlaydi, mineral o‘g‘itlardan samarasiz foydalanishni kamaytirish orqali xarajatlarni 20 foiz va undan ko‘proqqa kamaytirish mumkin.otherk uzgi bug‘doy, qo‘shimcha oziqlantirish, suspenziya, o‘g‘it, oziqa, oqsil, kleykavina, hosildorlik.ILDIZDAN TASHQARI QO‘SHIMCHA OZIQLANTIRISH – SAMARALI USULPAXTACHILIK VA DONCHILIKArticle